Larjoniy AQSh bilan Isroil Eronni parchalashga urinayotganini qayd etdi

Larjoniy AQSh, Eronda, Venezuelaga o‘xshash senariyni amalga oshirmoqchi ekanini ilgari surdi.

By
_

AQSh - Isroil va Eron o‘rtasidagi urushning ilk kunida halok bo‘lgan Eroning diniy lideri Ali Hamaneyning maslahatchisi va Eroning Xavfsizlik sohasi rahbari Ali Larjoniy Amerika Qo‘shma Shtatlari va Isroil mamlakatni parchalashga urinayotganiga e’tibor qaratdi.

Larjoniy shanba kuni davlat televideniyesida efirga uzatilgan va oldindan yozib olingan intervyusida shunday dedi: «Ularning asosiy masalasi… aslida Eronni parchalash edi», - dedi.

Joriy yilning 28 - fevrali kuni AQSh va Isroil Eronga qarshi hujumlar uyushtira boshladi. Bu hujumlarda Eronning oliy diniy lideri Ali Hamaney halok bo‘ldi va bu voqea Yaqin Sharqda yana keng urush boshlanishiga yo‘l ochdi.

Bunga javob tariqasida Eron Isroil va mintaqadagi AQSh manfaatlariga qarshi insonsiz havo transportlari va raketalar orqali hujumlar uyushtirdi.

Larjoniy AQSh Eronda Venezuelaga o‘xshash senariyni amalga oshirmoqchi bo‘lganini ham ilgari surdi. Uning aytishicha, Venesuelada Nikolas Maduro hokimiyatdan ag‘darilgach, vaqtinchalik prezident Delcy Rodríguez AQSh bilan hamkorlik qilgan.

Larijoni mavzu haqida shunday dedi: «Menimcha, amerikaliklarning eng katta muammosi — G‘arbiy Osiyoning kontekstini, ayniqsa Eronni tushunmasliklaridir».

Eronlik rasmiy shuningdek: «Ular, Venesueladek bo‘ladi degan fikrda edi — ular hujum qiladi, nazoratni qo‘lga oladi va hammasi tugaydi. Ammo hozir o‘zlari tuzoqqa tushdi», - degan ifodalarga o‘rin berdi.