Fidan: Turkiya Eron urushini to‘xtatish uchun diplomatik aloqalarini kuchaytirdi

Hakan Fidan, Eron hokimiyatini o‘zgartirish niyatida mamlakatda ichki urush chiqarishni ko‘zlagan har qanday tashabbusdan uzoq turilishi kerakligini ta'kidlagan holda buning oxiri tarixiy xato bo‘lishini ta’kidladi.

By
_

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan shanba kuni (07.03.2026) bergan bayonotida Turkiya Amerika Qo‘shma Shtatlari, Isroil va Eron o‘rtasidagi urushni to‘xtatishga yordam berish maqsadida diplomatik aloqalarni davom ettirayotganini ifoda etdi.

Turk Davlatlari Tashkiloti (TDT) tarkibidagi davlatlarning tashqi ishlar vazirlari kengashining norasmiy yig‘ilishi ortidan nutq so‘zlagan Hakan Fidan mavzu haqida:
«Janob Pezeshkiyanning hujumga uchramaguncha, biz ham hujum qilmaymiz. Hujum qilganimiz uchun uzr so‘raymiz degan so‘zlari biz ham ta’kidlayotgan ifodadir», - dedi.

Hakan Fidan shuningdek: «Uchinchi davlatlarni nishonga olgan hujumlarni keskin qoralashimizni yana bir bor ta’kidlashni istayman», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Tashqi ishlar vaziri so‘zlari davomida Turkiya bilan bog‘liq xavfsizlik masalalariga ham to‘xtalgan holda Eronni Turkiya hududiga qarshi har qanday hujum uyushtirishga urinishdan tiyilishga chaqirdi. Bu bayonot NATO tomonidan bir necha kun avval Erondan uchirilgan va Turkiya tomon yo‘nalgan ballistik raketaga monelik qilinishidan keyin qayd etildi.

Fidan Istanbulda jurnalistlarga bergan bayonotida: «Osonlikcha provokatsiyaga uchraydigan mamlakat emasmiz», - dedi.

U so‘zlari davomida: «Erondagi do‘stlarimiz bilan gaplashdik va agar bu yo‘lidan adashgan raketa bo‘lsa unda bu boshqa masala ekanini yetkazdik. Ammo bu holat davom etgudek bo‘lsa unda ehtiyot bo‘lishlarini tafsiya qilamiz. Eronda hech kimning bunday sarguzashtga qo‘l urishiga yo‘l qo‘ymang», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Fidan shuningdek, Eron hokimiyatini o‘zgartirish niyatida mamlakatda ichki urush chiqarishni ko‘zlagan har qanday tashabbusdan uzoq turilishi kerakligini ta'kidlagan holda buning oxiri tarixiy xato bo‘lishini ta’kidladi.

Hakan Fidan bayonotini: «Eronda etnik yoki mazhabiy ziddiyatlarni qo‘zg‘atib ichki urush chiqarishni ko‘zlagan barcha senariylarga qarshimiz. Bu eng xavfli senariydir», - degan so‘zlar bilan yakunladi.