TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘on Bolqon tashqi ishlar vakillari bilan uchrashdi
Bolqon Tinchlik Platformasining Istanbulda o‘tkazilgan ikkinchi yig‘ilishini tashkil etishdan mamnun ekanini bildirgan Prezident Erdo‘g‘on vakillarga qo‘shgan hissalari uchun minnatdorlik bildirdi.
Erdo‘g‘on Bolqon tashqi ishlar vakillari bilan uchrashdi
Turkiya Prezidenti Erdoʻgʻan, Bolqon mamlakatlari yuqori martabali diplomatlari aloqalar va mintaqaviy masalalarni muhokama qilmoqda. / AA

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo’g’an Istanbulda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Bolqon davlatlarining tashqi ishlar vazirlari va yuqori darajadagi diplomatik vakillari bilan ikki tomonlama munosabatlar hamda mintaqaviy masalalarni muhokama qildi.

Prezidentlik Matbuot va kommunikatsiyalar boshqarmasi juma kuni bergan bayonotga ko‘ra, uchrashuvda Chernogoriya tashqi ishlar vaziri Ervin Ibrahimovic, Kosovo tashqi ishlar vaziri Donika Gervalla-Schvarz, Bosniya va Gertsegovina tashqi ishlar vaziri Elmedin Konakovic, Shimoliy Makedoniya tashqi ishlar vaziri Timco Mucunski, Albaniya tashqi ishlar vaziri Elisa Spiropali hamda Serbiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Nevena Jovanovic ishtirok etdi.

Prezident Erdo‘g‘on Bolqon Tinchlik Platformasining ikkinchi yig‘ilishi Istanbulda o‘tkazilganidan mamnun ekanini bildirib, ishtirokchi mamlakatlar vakillariga qo‘shgan hissalari uchun minnatdorlik izhor etdi.
Uchrashuvda chegara xavfsizligi, energetika, texnologiya va transport kabi masalalar muhokama qilingani, shuningdek mintaqaviy egalik va mas’uliyat tamoyiliga asoslangan maslahatlashuvlarning ahamiyati ta’kidlandi.

Dunyo miqyosida hamda Bolqonlarda ko‘plab sinovlar mavjudligini qayd etgan Erdo‘g‘on, Bolqon Tinchlik Platformasi a’zolari o‘rtasida hamjihatlik va o‘zaro anglashuvni kuchaytirish har qachongidan ham muhim ekanini urg‘uladi.
Bolqonlarda o‘tmish azob-uqubatlaridan saboq olib, kelajakka yo‘naltirilgan umumiy yondashuv bilan harakat qilish zarurligiga e’tibor qaratgan Erdo‘g‘on, Turkiyaning mintaqada beqarorlik oqibatlarini kamaytirish va bartaraf etishga qaratilgan sa’y-harakatlarini ham eslatdi. U, xususan Ukraina, G‘azo va Suriya boshchiligida ko‘plab hududlarda tinchlikka qaratilgan tashabbuslar davom etayotganini bildirdi.

Uchrashuvda, shuningdek, Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, Prezidentlik Matbuot va kommunikatsiyalar boshqarmasi rahbari Burhanettin Duran, Prezidentning bosh maslahatchisi Akif Chagatay Kılıch va boshqa rasmiylar ham ishtirok etdi.

Boxabar bo'ling!
Erdo‘g‘an BMT Bosh Assambleyasida ishtirok etish uchun AQSHga boradi
Turkiya Isroil bilan bog'liq tarmoqqa katta zarba berdi: 175 kishi hibsga olindi
Turkiya Braziliya bilan mudofaa sanoati sohasida hamkorlik shartnomasini ratifikatsiya qildi
Antaliyada o‘tadigan 77-Xalqaro astronavtika kongressi taqdimotlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Erdo‘g‘an: Istanbul aeroportining to‘rtinchi uchish-qo‘nish yo‘lagi global aloqani kuchaytiradi
Erdog‘an: «Turkiyani dunyodagi eng keng parvoz tarmog‘iga ega mamlakatlardan biriga aylantirdik»
Erdo'g'an BMT minbaridan jahon hamjamiyatiga murojaat qiladi
Turkiya Makkaga yaqin hududda bartaraf etilgan dron hujumini qoraladi
Turkiya Harbiy-havo kuchlari safiga mahalliy HURKUSh-II samolyoti qo'shilmoqda
"Akinji" droni "Sungur" raketasi bilan yuqori tezlikdagi nishonni yo‘q qildi
Fidan: Ho‘rmuz bo‘g‘ozida urushdan oldingi holat tiklanishi lozim
Somalida Turkiyani qo‘llab-quvvatlashga bag'ishlangan ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi
Ozarbayjon Prezidenti Aliyev Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan uchrashdi
Erdo‘g‘an: «Xalqimizni xavf-xatarlardan uzoq tutdik»
Hakan Fidan rasmiy tashrif bilan Ozarbayjonda bo‘lib qaytadi
Isroil matbuoti: Prezident Erdogan Turkiyani Oʻrta Sharqda qiyin bir ishtirokchiga aylantirdi
Fidan: Turkiya - Suriya munosabatlari mustahkam tus oldi
Hakan Fidan Suriyaga rasmiy tashrif uyushtirmoqda
Turkiya Saudiya Arabistoniga qarshi uyushtirilgan hujumlarni qoraladi
Turkiya: Kipr turklari xavfsizligini har qanday sharoitda ta’minlaydi