Turkiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirish hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi rishtalarni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan Turk filmlari kunlari Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida boshlandi.
Tadbirning ochilish marosimi Mega Silk Way savdo markazidagi kinoteatr zalida tashkil etilgan qizil gilam marosimi bilan boshlandi.
Qizil gilamda qozog‘istonlik kino ixlosmandlariga salom bergan turkiyalik san’atkorlar muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
Dastur doirasida inson va atrof - muhit o‘rtasidagi munosabatlarni yorituvchi hamda COP31 doirasida tomoshabinlarga taqdim etilgan “Diğerkâm” filmi namoyish etildi. Shuningdek, 99 - Oskar mukofotining “Eng yaxshi xalqaro film” nominatsiyasida Turkiyaning rasmiy nomzodi bo‘lgan “Kesilmiş Bir Ağaç Gibi” filmi ham tomoshabinlar e’tiboriga havola qilindi.
Besh kun davom etadigan tadbir doirasida qozog‘istonlik kino muxlislari “Beklenti”, “Mutluyuz Mu?”, “Rafadan Tayfa: Kapadokya” va “Bak Postacı Geliyor” filmlarini ham bepul tomosha qilishlari mumkin.
Yerli Düşünce uyushmasi raisi GUndo’du ikki mamlakat o‘rtasida qo‘shma kino loyihalarini rivojlantirish zarurligini ta’kidlab, Qozog‘iston tomoni bilan qo‘shma filmlar yaratish imkonini beradigan muzokaralar olib borishni istashlarini bildirdi.
Uning ta’kidlashicha, qo‘shma kinoloyihalar turkiyalik va qozog‘istonlik aktyorlar, ssenariynavislar hamda prodyuserlar uchun muhim imkoniyatlar yaratadi. Har ikki mamlakatda ham sevib tomosha qilinadigan san’atkorlarning bir loyihada birlashishi madaniy va sohaviy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Gündog’du qariyb olti yil avval yo‘lga qo‘yilgan Korkut Ata Turk dunyosi kinofestivali ham qo‘shma kinoloyihalarni rag‘batlantirish maqsadini ko‘zlashini eslatib o‘tdi.
Turk san’atkorlari qozoq an’analari bilan tanishdi
Turk filmlari kunlari doirasida Ostona shahrida bo‘lib turgan san’atkorlar madaniy dastur davomida Qozog‘istonning urf - odat va an’analari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.
Poytaxtdagi etnik qishloqqa tashrif buyurgan san’atkorlar qozoq o‘tovini tomosha qildi, an’anaviy kamondan o‘q otishni sinab ko‘rdi hamda ot mindi.













