TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an: Terrorsiz Turkiya jarayoni faqat xavfsizlik siyosatidan iborat emas
Prezident Erdo‘g‘an Prezidentlik qarorgohida bo‘lib o‘tgan Vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan xalqqa murojaat qildi.
Erdo‘g‘an: Terrorsiz Turkiya jarayoni faqat xavfsizlik siyosatidan iborat emas
_
 

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an: «Ayniqsa, terrorsiz Turkiya jarayonini imkon qadar keng siyosiy va ijtimoiy kelishuv asosida davom ettirish niyatidamiz. Biroq bunday masalaning siyosiy shantaj vositasiga aylantirilishiga ham yo‘l qo‘ymaymiz», - dedi.

Prezident Erdo‘g‘an Prezidentlik qarorgohida bo‘lib o‘tgan Vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan xalqqa murojaat qildi.

«Terrorsiz Turkiya» jarayoni faqat xavfsizlik siyosatidan iborat emasligini ta’kidlagan Erdo‘g‘an so‘zlarini quyidagicha davom ettirdi:

«Terror muammosi bartaraf etilgani bilan, albatta, Turkiyaning barcha surunkali muammolari hal bo‘lib qolmaydi. Oldimizda fuqarolik siyosatining muammolarni hal etish salohiyatini kuchaytirish, demokratiyani davlat to‘ntarishi natijasida qabul qilingan konstitutsiya sharmandaligidan xalos etish, milliy birdamlik va ijtimoiy jipslikni mustahkamlash kabi ko‘plab masalalar turibdi va bundan keyin ham turadi. Dunyo o‘zgargani, Turkiya o‘zgargani sari jamiyatning kutgan natijalari ham o‘zgaradi va bu masalalar siyosiy institutlar kun tartibiga kirib keladi».

Erdo‘g‘an so‘zlarini quyidagicha davom ettirdi:

«Siyosatning mohiyati muloqot, muzokara va kelishuv asosida raqobatlashishdir. Bizning ilk kundanoq tutgan yo‘limiz aniq. Kim hissa qo‘shishni istasa, kim bizga yechim taklifini bildirsa, biz buni mamnuniyat bilan qabul qilamiz. Ayniqsa, terrorsiz Turkiya jarayonini imkon qadar keng siyosiy va ijtimoiy kelishuv asosida davom ettirish niyatidamiz. (...) Jarayon qanday boshlangan bo‘lsa, bugungi kunga qanday yetib kelgan bo‘lsa, o‘z manziliga yetguniga qadar shu tarzda davom etishini istaymiz».

Prezident bir qadam ham ortga chekinmasdan, doimo olg‘a intilib, Xudoning izni bilan ushbu masalani xalqimiz kun tartibidan butunlay chiqarib tashlashlarini bildirdi.