DUNYO
2 daqiqa o'qish
Kambodja–Tailand tarangligi: Chegara to‘qnashuvi sulhni xavfga qo‘ydi
Kambocha hukumatining ma'lumotlariga ko'ra, Tailand qo'shinlari "tajovuzkor" Kambodja, Tailand kuchlarini yetti tinch aholining o‘limiga sabab bo‘lgan “tajovuzkor” chegara orti operatsiyalarini amalga oshirishda ayblar ekan, Tailand esa Kambodja harb
Kambodja–Tailand tarangligi: Chegara to‘qnashuvi sulhni xavfga qo‘ydi
Kambodjaning Oddar viloyatida, Tailand va Kambodja o'rtasidagi bahsli chegara hududida yuz bergan to'qnashuvlar paytida odamlar qochib ketmoqda. 2025-yil 8-dekabr. / Reuters
9 декабр 2025

Har ikki davlat 26 oktabr o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvining buzilganini iddao qilmoqda.
Phnom Pendagi Mudofaa vazirligi, so‘nggi hujumda yetti nafar tinch aholi halok bo‘lganini va bir nechta kishi yaralanganini bildirdi; Bangkok esa uylarning chegara ortidan yo‘llangan artilleriya o‘qi bilan zararlanganini ma’lum qildi.

Kambodja Mudofaa vazirligi matbuot kotibi, brigada generali Maly Socheata, davlatga qarashli Agence Kampuchea Pressega seshanba kuni bergan intervyusida Tailand kuchlarini o‘z hududida “tajovuzkor harbiy operatsiyalar” olib borayotganlikda aybladi. Uning aytishicha, dushanbadan beri kamida yetti tinch aholi o‘ldirilgan, 20 kishi yaralangan.

U bu voqealarni “insoniylikka zid va vahshiyona harakatlar” deb atab qoraladi hamda Tailand kuchlarini 26 oktabr kuni AQSh prezidenti Donald Trump va Malayziya bosh vaziri Anvar İbrahim huzurida ikki bosh vazir tomonidan imzolangan o‘t ochishni to‘xtatish hamda Qo‘shma Deklaratsiya shartlarini buzganlikda aybladi.

Shu orada Khmer Times gazetasi, Pursat viloyatining Thma Da hududidagi bir Kambodja qimorxonasiga hujum qilinganini, bunga Tailand harbiylarining go‘yoki chegara ortidan artilleriya o‘qi yo‘llagani sabab bo‘lganini xabar qildi.

Kambodja OAVlari, shuningdek, Tailand qo‘shinlari F-16 jangovar samolyotlaridan foydalanib, Oddar Meanchey viloyatining Samrong shahar markaziga bomba tashlaganini da’vo qildi.
Biroq Anadolu Axborot agentligi, qimorxonaga hujum yoki Samrongga bomba tashlangani haqidagi da’voni mustaqil tasdiqlay olmadi.

Tailand rasmiylari hodisa bo‘yicha darhol rasmiy izoh bermadi.


“Og‘ir buzilish”

Bundan avval, Tailand Qirollik armiyasi dushanba kuni kechasi Ban Khok Thahan hududida Kambodja kuchlari tinch aholining uylarini artilleriya bilan o‘qqa tutganini, ikki uy zarar ko‘rganini bildirgan edi.

Tailand armiyasi bu artilleriya zarbasini “suverenitetning jiddiy buzilishi” deb atadi va mamlakat o‘z fuqarolarini himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘rarkan, xalqaro tamoyillarga amal qilishini ta’kidladi.

Prezident Trump dushanba kuni har ikki davlatni to‘qnashuvni tugatish maqsadida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha o‘z majburiyatlariga to‘liq rioya etishga chaqirdi.

Dushanba kuni Tailand OAVlari, yangi to‘qnashuvlar bir Tailand askarining o‘limiga va to‘rt kishining yaralanishiga olib kelganini, bunga javoban Tailandning havo hujumlari uyushtirganini xabar qildi. Bu esa, Prezident Trump vositachiligida erishilgan mo‘rt sulh kelishuvini xavf ostiga qo‘ydi.

Tailand Qurolli Kuchlari, Si Sa Ket viloyatida Kambodjaning “chegara hujumi”ni, Tailand hududiga yangidan o‘rnatilgani iddao qilinayotgan PMN-2 minalariga oid dalillardan diqqatni “qasd bilan” chetga burish harakati deb baholadi.
Kambodja esa Tailand chegarasi bo‘ylab yangi minalar qo‘yganini inkor etdi.