TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Turkiya Misr xalqiga hamdardlik bildirdi
Turkiya, 31 kishi umriga zomin bo‘lgan voqea ortidan Misr xalqiga hamdardlik bildirdi.
Turkiya Misr xalqiga hamdardlik bildirdi
_
 

Turkiya Misrda tanker yonib ketishi oqibatida halok bo‘lganlar munosabati bilan ushbu mamlakat xalqiga hamdardlik bildirdi.

Turkiya Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, Misrning Giza viloyatidagi aylanma yo‘lda kecha sodir bo‘lgan tanker yong‘ini oqibatida insonlar halok bo‘lgani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qilingani qayd etildi.

Bayonotda: «Halok bo‘lganlarga Allohdan rahmat, ularning yaqinlari va Misr xalqiga hamdardlik, jarohatlanganlarga esa tezroq shifo tilaymiz», — deyiladi.

Misr poytaxti Qohiraning g‘arbida joylashgan Giza shahrida neft ortilgan tankerning yonib ketishi oqibatida 31 kishi halok bo‘lgan, 21 kishi esa jarohatlangan edi.