Mahalliy qutqaruv idoralari Isroil tomonidan G‘azoga qarshi oxirgi 24 soat ichida uyushtirilgan hujumlar oqibatida kamida olti kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Hujumlar, Falastin tuproqlarida yo‘lga qo‘yilgan otashkesimga qaramay zo‘rovonliklar davom etayotganidan dalolat bermoqda.
G‘azodagi Harbiy bo‘lmagan mudofaa guruhining xabar berishicha, G‘azo janubidagi Xon Yunus shahrida erta tongda uyushtirilgan hujumda ikki nafar politsiya xodimi bilan tinch aholidan bir kishi jon bergan.
Juma kuni (13.03.2026) kechasi uyushtirilgan boshqa bir hujumda esa G‘azo shahrining sharqida bir guruh inson nishonga olindi. Unda esa, tinch aholidan uch kishi halok bo‘ldi. Qutqaruv guruhlariga ko‘ra halok bo‘lgan insonlarning tanasi eng yirik tibbiy muassasasi hisoblangan al - Shifa shifoxonasiga olib borildi.
Ushbu hujumlar AQSh bilan Isroil tomonidan 28 - fevral kuni boshlatilgan va Eronni nishonga olgan hujumlar ortidan mintaqada avj olgan taranglik paytida yuz berdi.
G‘azoda 10 - oktabrda kuchga kirgan otashkesimga qaramay Isroil tomonidan vaqti - vaqti bilan uyushtirilgan hujumlar bilan zo‘rovonliklar davom etar ekan Yaqin Sharqdagi to‘qnashuv ham keskin tus oldi. Bu holat, tinch aholini himoyasiz va zaif ahvolga solib qo‘ymoqda.










