DUNYO
1 daqiqa o'qish
Iroq DEASh terror tashkiloti a'zolari ustidan tergov boshlatdi
Iroq Suriyadan olib kelingan DEASh terror tashkiloti a'zolari ustidan tergov boshlatdi.
Iroq DEASh terror tashkiloti a'zolari ustidan tergov boshlatdi
_
2 феврал 2026

Iroq Adliya vazirligi dushanba kuni bergan bayonotida AQSh tomonidan uyushtirilgan amaliyot doirasida Suriyadan olib kelingan 1 300 nafardan ortiq DEASh a’zosi bo‘yicha tergov boshlanganini ma’lum qildi.

Iroq sud organlari bayonotida shunday deyiladi: “Yaqinda Suriya hududidan olib kelingan 1 387 nafar DEASh gumonlanuvchisi yuzasidan tergov ishlari boshlandi. Iroq Oliy sud kengashi raisi nazorati ostida terrorizmga qarshi kurashga ixtisoslashgan bir nechta sudya tergovni boshladi”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Mazkur shaxslar ilgari YPG terror tashkiloti tomonidan hibsda ushlab turilgan bo‘lib, AQSh armiyasi Suriya hukumat kuchlari YPG nazoratidagi hududlarni qaytarib olganidan so‘ng ularni Iroqqa yuborilishini ma’lum qilgan jami 7 000 nafar DEASh mahbuslari orasida bor.

Bir nechta iroqlik xavfsizlik manbalariga ko‘ra, ushbu mahbuslar orasida suriyaliklar, iroqliklar hamda yevropaliklar ham mavjud.

2014 - yili DEASh, Suriya va Iroq hududlarida tez sur’atlarda tarqalgan edi.

AQSh yetakchiligidagi kuchlar ko‘magida Iroq 2017 - yili mamlakatda DEASh batamom mag‘lub etilganini e’lon qilgan.