DUNYO
1 daqiqa o'qish
Erondagi namoyishlarda yuz nafardan ortiq xavfsizlik xodimi halok bo‘lgani aytilmoqda
Eron 28 - dekabrdan beri milliy valyuta — eron riyalining keskin qadrsizlanishi va iqtisodiy vaziyatning yomonlashuvi ortidan hukumatga qarshi norozilik namoyishlari girdobiga aylandi.
Erondagi namoyishlarda yuz nafardan ortiq xavfsizlik xodimi halok bo‘lgani aytilmoqda
_
11 январ 2026

Markazi Qatarda joylashgan Al Jazeera telekanali Eronning Tasnim axborot agentligiga tayanib xabar berishicha, so‘nggi bir necha kun davomida mamlakatning turli hududlarini qamrab olgan tartibsizliklar chog‘ida kamida 109 nafar eronlik xavfsizlik xodimi halok bo‘lgan.

Xabarda namoyishchilar orasidagi qurbonlar soni haqida hech qanday ma’lumot berilmadi.

Eron 28 - dekabrdan buyon milliy valyuta — eron riyalining keskin qadrsizlanishi va iqtisodiy vaziyatning yomonlashuvi ortidan hukumatga qarshi norozilik namoyishlari girdobiga aylandi. Poytaxt Tehronda boshlangan namoyishlar keyinchalik mamlakat bo‘ylab ko‘plab aholi punktlariga yoyildi.

Voqeada qurbon bo‘lganlar soni haqida rasmiy ma’lumot yo‘q ammo Tehrondagi bir shifokor ismi oshkor etilmaslik sharti bilan Time jurnaliga bergan ma’lumotda, faqatgina Tehrondagi oltita shifoxonaning o‘zida, ko‘pchiligi jonli o‘qlar orqali otib o‘ldirilgan 217 nafar namoyishchi halok bo‘lganini bildirgan.