TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an: Turkiya 6 fevral zilzilasidan keyin qayta qurish va’dasini bajardi
Prezident Erdo’g’an 2023-yilgi falokat qurbonlarini xotirlab, vayron bo‘lgan viloyatlarda qisqa muddat ichida amalga oshirilgan qayta qurilish ishlarini ta’kidladi.
Erdo‘g‘an: Turkiya 6 fevral zilzilasidan keyin qayta qurish va’dasini bajardi
Prezident Erdoʻgʻan Turkiya 11 viloyatni qamrab olgan egizak zilzilalarda hayotdan koʻz yumganlarni hech qachon unutmasligini taʼkidladi. / AA Archive
9 соат олдин

Juma kuni Prezident Erdo’g’an  Turkiyaning janubiy viloyatlarida 2023-yil 6-fevralda sodir bo‘lgan zilzilalarda halok bo‘lgan fuqarolarni xotirlash uchun murojaat e’lon qildi. Mamlakat tarixidagi eng talafotli ofatlardan biri bo‘lgan zilzilalarning uch yilligi munosabati bilan yo‘llagan xabarida u davlat vayron bo‘lgan shaharlarni qayta barpo etish bo‘yicha bergan va’dasini ado etganini bildirdi.

Turk ijtimoiy tarmog‘i NSosyal’da e’lon qilingan xabarda Erdo’g’an  uch yil avval 11 viloyatni qamrab olgan ketma-ket ikki zilzilada halok bo‘lganlarni hech qachon unutmasliklarini aytdi.
Erdo’g’an : “Uch yil avval bugun yuz bergan ikki yirik zilzila sabab Rahmat-i Rahmonga yo‘liqgan birodarlarimizni unutmaymiz”, — dedi.

Halok bo‘lganlarning merosini asrash

Prezident hukumat halok bo‘lganlarning merosini asrash va vayronaga aylangan hududlarni qayta tiklash majburiyatini olganini ta’kidladi.
Erdo’g’an : “Ularning xotiralarini qalbimizda va ongimizda doimo yashatish, omonatlariga ega chiqish va zilzilada vayron bo‘lgan shaharlarimizni yana oyoqqa turg‘izish bo‘yicha xalqimizga so‘z bergandik”, — dedi.

Prezident yana shunday dedi: “Bugun Allohning izni bilan bu ishni uddaladik, uch yil kabi qisqa fursatda shaharlarimizni qayta imor va ihyo qildik. Va’damizni bajardik.”

Erdo’g’an ’ning ulashuvida 2023-yildagi vayronagarchilik tasvirlari bilan birga, yangi qurilgan uy-joylar, infratuzilma va jamoat inshootlari aks etgan video ham joy oldi. Shuningdek, Prezident juma kuni keyinroq halok bo‘lgan fuqarolar xotirasiga bag‘ishlangan anma marosimlarida ishtirok etishi kutilmoqda.

Markazi Qahramonmarash bo‘lgan va 11 viloyatni qamrab olgan ikki zilzila o‘n minglab insonlarning halok bo‘lishiga hamda Turkiyaning janubida katta vayronagarchilikka sabab bo‘lgan edi.