Vakillar palatasi va Senat a’zolari ishtirok etgan, har ikki partiya vakillari qatnashadigan an’anaviy Kongress baliga murojaat qilgan Tramp, Yevropa yetakchilari Vashingtondan tobora ko‘proq yo‘l-yo‘riq so‘rayotganini bildirdi.
Tramp qonunchilarga shunday dedi:
“Yevropa davlatlari sizning prezidentingiz go‘yoki Yevropa mamlakatlarining ham yetakchisiga aylanganini aytmoqda. Ular bizni tinglayapti va bizga ilgari hech qachon bo‘lmagan darajada hurmat bilan munosabatda bo‘lyapti.”
Tramp, shuningdek, AQSh “sakkizta urushni hal qilganini” da’vo qildi.
Tailand va Kambodja o‘rtasidagi keskinlikka diplomatik tarzda aralashish zarur bo‘lishi mumkinligini aytgan Tramp, “bir nechta telefon qo‘ng‘iroqlari qiladi” va “vaziyatni yana iziga soladi” deya ta’kidladi.
Prezident ma’muriyati butun dunyo bo‘ylab mustahkam aloqalarni saqlab qolishni maqsad qilganini aytar ekan, ayrim davlatlar AQShdan foyda ko‘rayotganini ham nazarda tutib,
“Imkon qadar ko‘proq davlat bilan yaxshi munosabatda bo‘lishni istaymiz. Biz ko‘plab davlatlar tomonidan yillar davomida aldanganmiz,” dedi.












