Otashkesimga qaramay Isroil hujumlari davom etmoqda

Joriy yilning oktabr oyida kuchga kirgan otashkesimga qaramay Isroil hujumlari davom etmoqda va oqibatida bugun falastinlik yana ikki kishi halok boʻldi.

By
_

Bugun Isroil kuchlari tomonidan Gʻazo shahrining sharqidagi Shujoiyya mahallasiga qarshi uyushtirilgan hujum oqibatida falastinlik yana uch kishi halok boʻlgani xabar qilindi. Mahalliy aholi buni «amaldagi sulh kelishuvining buzilishi», - deb hisoblamoqda.

Sog‘liqni Saqlash manbalari Falastinning Wafa axborot agentligiga ma’lum qilishicha, aholi zich yashaydigan hududda tinch aholi to‘plangan joyga qarshi insonsiz havo transporti orqali bomba tashlanishi natijasida bir kishi halok boʻlgan.

Manbalarning qoʻshimcha qilishicha yana ikki kishi al - Mansura koʻchasidagi al - Shava yoqilgʻi quyish shoxobchasi yaqinidagi hududda, Isroil harbiy samolyoti tomonidan nishonga olinishi oqibatida vafot etgan.

Guvohlarning aytishicha, yangi hosil boʻlgan chuqurlar bilan tutun bulutlari bilan qoplangan koʻchalarda odamlar vahima ichida qochib yuribdi.

Sogʻliqni Saqlash idoralariga koʻra joriy yilning 11 - oktabri kuni kuchga kirgan sulh kelishuvidan beri Isroil hujumlari oqibatida falastinlik kamida 404 kishi halok boʻlgan, 1 ming 108 kishi esa tan jarohati olgan.

Falastinliklarning ta’kidlashicha, 2023 - yilning oktabr oyidan beri davom etgan Isroilning genotsid tusdagi urushi oqibatida 70 ming nafardan ortiq falastinlik jon berdi. Ularning koʻpchiligi ayollar va yosh bolalardan iborat. Halok boʻlganlardan tashqari, 171 ming nafar inson tan jarohati oldi. Eng yomoni, joriy yilning oktabr oyida yoʻlga qoʻyilgan otashkesimga qaramay Isroil hujumlari haligacha davom etmoqda.