AQSh Prezidenti Donald Tramp Eron oxir - oqibat taslim bo‘lishini ta’kidlab, so‘nggi bir necha hafta ichida Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali «avvalgilarga qaraganda yana - da ko‘proq» neft tashiganliklarini bildirdi.
AQSh Prezidenti Tramp Oq uy bog‘ida jurnalistlarning savollariga javob berdi.
Tramp Eron bilan bog‘liq masalalarga munosabat bildirar ekan, Tehronning «ahvoli yaxshi emasligini» ta’kidladi.
AQSh Prezidenti Erondan taslim bo‘lish yoki yon berish kutilib - kutilmayotgani haqidagi savolga: «Hali taslim bo‘lishadimi yo‘qmi bilmayman ammo oxir - oqibat taslim bo‘lishadi. Biroq ularning ahvoli juda yomon» - deb javob berdi.
«Hormuz bo‘g‘ozi orqali katta miqdorda neft o‘tmoqda»
Boshqa tomondan, Tramp bir savolga javoban, so‘nggi davrda Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali juda katta miqdorda neft o‘tkazilishini ta’minlaganliklarini bildirdi.
Tramp: «So‘nggi bir necha kun ichida Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali avvalgilarga va hatto tarixdagilarga nisbatan ko‘proq neft olib chiqdik» - degan ifodalarga o‘rin berdi.






















