Zelenskiy: AQSh bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv oson kechmadi

Vladimir Zelenskiy tinchlik muzokarasi ustidan AQSh bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv konstruktiv tusda o‘tgani ammo oson kechmaganini ifoda etdi.

By
_

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy yakshanba kuni (07.12.2025) bergan bayonotida, Ukraina uchun ishlab chiqilayotgan tinchlik rejasi yuzasidan AQSh vakillari bilan muzokaralar o‘tkazilgani, bu uchrashuvlar samarali natija bergani ammo juda murakkab kechganini ifoda etdi. Zelenskiy, yaqin kunlarda Yevropa davlatlari yetakchilari bilan bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan uchrashuvlar oldidan yuqorida nomi tilga olingan muloqotlar muhim ekanini ta’kidladi.

Zelenskiy shanba kuni (06.12.2025) AQSh Prezidenti Donald Trampning maxsus elchisi Steve Witkoff va Trampning kuyovi Jared Kushner bilan telefon orqali alohida - alohida muloqot qilar ekan bugun (08.12.2025) Londonda Fransiya, Buyuk Britaniya va Germaniya rahbarlari bilan uchrashishi kutilmoqda. Shuningdek, Bryusselda yana bir qator muzokaralar o‘tkazadi.

Zelenskiy tungi videomurojaatida: «Amerikalik vakillar Ukrainaning asosiy pozitsiyasini biladi. Muzokara konstruktiv tusda o‘tdi ammo oson kechmadi», — deya gapirdi.

Tramp avvalroq, to‘rtinchi yiliga kirayotgan Rossiyaning Ukrainadagi urushini to‘xtatish masalasi, shaxsi uchun eng murakkab tashqi siyosat sinovi ekaniga e’tibor qaratgandi.

AQSH o‘rtamchiligi va vaqt - vaqti bilan qayd etilgan oliy darajadagi aloqalarga qaramay tinchlik muzokaralari sust davom etmoqda; Kiyev uchun xavfsizlik kafolatlari va Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarning maqomi borasidagi kelishmovchiliklar haligacha yechim topmadi.

Moskva muzokaralarga ochiq ekanini ifoda etar ekan, Kiyev bilan G‘arbni tinchlikka to‘sqinlik qilishda ayblamoqda; Ukraina va uning ittifoqchilari esa Rossiya vaqt yutayotgani va diplomatiyadan o‘z yutuqlarini mustahkamlash niyatida foydalanayotganini bildirmoqda.

Yevropa davlatlari yetakchilari, liderlari yoki rahbarlari uzoq muddatli xavfsizlik kafolatlari va doimiy harbiy yordam bilan bog‘liq bosqichma - bosqich diplomatik jarayonni qo‘llab - quvvatlamoqda.

Tramp esa tezkor kelishuvga erishish va yukni taqsimlashga e’tibor qaratmoqda; diplomatlar esa muzokaralar hali hanuz zaif ekani va AQSh siyosatidagi o‘zgarishlarga qarshi himoyasiz qolishi mumkinligi borasida ogohlantirmoqda.