Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish tinch aholi orasida qurbonlar soni ortib borayotgani va bu holat mintaqaviy tinchlik sa’y - harakatlariga xavf tug‘dirayotganini ta’kidlab, Isroilning Livan bo‘ylab amalga oshirayotgan hujumlarini keskin qoraladi.
Guterrish chorshanba kuni mavzu haqida bergan bayonotida 8 - aprel kungi hujumlar yuzlab tinch aholi umriga va sog‘ligiga zomin bo‘lgani, tinch aholi infratuzilmasiga esa katta ziyon yetkazilganini ta’kidladi.
Tinch aholi orasida qurbonlar soni ortib borayotganidan chuqur xavotirda ekanini bildirgan Bosh kotib, insonlar umriga zomin bo‘lgan hujumlarni keskin qoraladi.
BMT Bosh kotibi Livan hukumati va xalqiga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.
Bayonotda shuningdek: «Eron bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida sulh e’lon qilingan bir paytda Livanda davom etayotgan harbiy harakatlar ushbu sulhga hamda mintaqada barqaror va keng ko‘lamli tinchlik o‘rnatish sa’y - harakatlarga jiddiy xavf tug‘dirmoqda» - deyildi. Bunga qo‘shimcha ravishda: «Bosh kotib barcha tomonlarni zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqiradi» - degan ifodalarga o‘rin berildi.
Diplomatiyaga chaqiriq
Xalqaro huquq, ayniqsa xalqaro gumanitar huquqni himoya qilish zarurligini ta’kidlagan Guterrish, tinch aholi va tinch aholi infratuzilmasi har doim himoya qilinishi kerakligi; ularni nishonga olgan hujumlarni esa qabul qilish imkonsiz ekanini urg‘uladi.
Mojaroni harbiy yo‘l bilan to‘xtatib bo‘lmasligini bildirgan Guterrish, barcha tomonlarni diplomatik yo‘llarni tanlashga hamda BMT Xavfsizlik kengashining 1701 - sonli rezolyutsiyasiga to‘liq amal qilishga chaqirdi.
Eron bilan AQSh seshanba kuni (07.06.2026) 28 - fevralda AQSh va Isroil tomonidan Eronga qarshi boshlatilgan hamda mintaqa bo‘ylab minglab insonning halok bo‘lishi va yaralanishiga sabab bo‘lgan urushni tugatish uchun yakuniy kelishuvga zamin yaratishni maqsad qilgan ikki haftalik sulh e’lon qilgandi.
Bu e’lon AQSh bilan Eron, Vashington hamda Tel - Avivning 28 - fevral kuni Tehronga qarshi boshlagan urushini yakunlash niyatida hal qiluvchi kelishuvga zamin yaratishni ko‘zlagan sulh e’lon qilinishidan bir kun o‘tib qayd etildi.









