Isroil armiyasi falastinlik bir bolani o‘ldirib, to‘rt kishiga jarohat yetkazdi
Falastinning Tubas shahri janubidagi al - Fariya qochqinlar lagerida 15 yoshli bir bola Isroil kuchlari tomonidan otib o‘ldirilgani aytilmoqda.
Isroil armiyasi ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohildagi hujumlari chog‘ida falastinlik bir bolani o‘ldirib, to‘rt kishiga jarohat yetkazdi.
Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi yakshanba kuni (16.11.2025) mavzu haqida bergan bayonotida, Tubas shahri janubidagi al - Fariya qochqinlar lagerida 15 yoshli bir bola Isroil kuchlari tomonidan otib o‘ldirilganini ma’lum qildi.
Rasmiy axborot agentligi WAFAning xabar berishicha tibbiy guruhlar lagerda ikki kishining o‘q parchalari (shrapnel)dan olgan jarohatlarini davoladi; tez yordam mashinalarining uchinchi yaradorga yetib borishiga monelik qilindi va bu yigitning keyinchalik halok bo‘lgani qayd etildi.
Agentlikka ko‘ra qurbonning shaxsi Jadalloh Jihod Jumaa Jadallohdir.
Guvohlar Anado‘lu (Anadolu) axborot agentligiga bergan bayonotida Isroil kuchlari lagerga bosqin uyushtagani va kuchli o‘q uzgani; oqibatida jarohatlar yuzaga kelganini ifoda etdi.
Bundan tashqari WAFA axborot agentligi G‘arbiy Sohilning bosib olingan shimolida, bir Isroil harbiy mashinasi Jeninda taksiga urilib yo‘l - transport hodisasi sodir etgani va voqea natijasida falastinlik ikki kishi yaralangani haqida xabar berdi.
Falastin rasmiylarining ma’lumotlariga ko‘ra G‘azoga qarshi urush boshlangan 2023 - yilning oktabr oyidan beri G‘arbiy Sohilda Isroil armiyasi bilan noqonuniy ko‘chmanchilarning hujumlari avj oldi. Bu hujumlar 1 ming 73 nafardan ortiq falastinlik umriga, 10 ming 700 nafardan ortiq insonning sog‘ligiga zomin bo‘ldi.
Isroil 2023 - yilning oktabridan beri kuchli hujumlar uyushtirayotgan G‘azoda esa, 70 ming nafardan ortiq falastinlikni o‘ldirgan. Ulardan ko‘pchiligi ayollar va yosh bolalardan iborat.
Xalqaro Adliya Sudi o‘tgan yilning iyul oyida e’lon qilgan muhim huquqiy xulosasida Isroilning Falastin hududlarini bosib olishini noqonuniy deb topdi va bosib olingan G‘arbiy Sohil bilan Sharqiy Quddusdagi barcha aholi punktlarini bo‘shatishni talab qildi.