Xalqaro energetika agentligi neft yetkazib berishdagi katta uzilish haqida bildirdi

Xalqaro energetika agentligi: O‘rta Sharqdagi urush dunyodagi eng yirik neft yetkazib berish toʻxtalishiga sabab bo‘ldi.

By
Yaqin Sharq Ko'rfaz davlatlari umumiy neft ishlab chiqarishni kamida 10 million barrel/kun ga qisqartirgan. / Reuters

Hormuz bo‘g‘izi yopilishi oqibatida mart oyida jahon neft ta’minoti kuniga 8 million barrelga kamayishi kutilmoqda.

Xalqaro energetika agentligi payshanba kuni bergan bayonotida, strategik zaxiralardan rekord miqdorda neft chiqarishga kelishib olinganidan keyin, O‘rta Sharqdagi urush tarixagi eng yirik neft uzilishiga yol ochganini bildirdi. AQSH va Isroil 28-fevralda Eronga havo hujumlarini boshlaganidan beri, Eron qirg‘oqlari bo‘ylab o‘tadigan tor yo‘l — Hormuz bo‘g‘izi yopilgani sababli, jahon neft ta’minoti mart oyida kuniga 8 million barrelga ozayishi kutilmoqda.

XEA o‘zining oylik hisobotida, O‘rta Sharqdagi Ko‘rfaz mamlakatlari to‘qnashuvlar natijasida umumiy neft ishlab chiqarishni kamida 10 million barrelga (bu miqdor dunyo ehtiyojining qariyb 10 foiziga to‘g‘ri keladi) qisqartirganini va yuk tashish oqimlari tezda tiklanmasa, bu yo‘qotishlar yanada ortishini aytdi.

XEA: "Ishlab chiqarishning inqirozgacha bo‘lgan darajaga qaytishi, konlarning murakkabligiga hamda ishchilar, uskunalar va resurslarning hududga qaytish vaqtiga qarab, haftalar, hatto ba’zi holatlarda oylar davom etishi mumkin," deb ta’kidladi.