AQShda saqlanayotgan Anadolu asarlari Turkiyaga qaytmoqda
AQSh va Turkiya rasmiylari global madaniy meros kontrabandasiga qarshi tobora ortib borayotgan hamkorlikni e'tirof etdi.
Turkiyadan noqonuniy yo‘llar bilan olib chiqilgan kamida 41 ta Anadolu kelib chiqishli tarixiy artefakt AQSh tomonidan qaytarilmoqda. Anqaraning madaniy merosini qaytarib olish borasidagi doimiy sa’y-harakatlarida muhim bosqich sifatida baholangan bu qaror dushanba kuni turk va amerikalik rasmiylar tomonidan e’lon qilindi.
Umumiy qiymati 8 million dollardan oshadigan ushbu artefaktlar, Nyu-Yorkdagi Manxetten tuman prokuraturasi binosida o‘tkazilgan marosimda Turkiya Madaniyat va Turizm vaziri o‘rinbosari Go’khan Yazgıga rasmiy ravishda topshirildi.
Kolleksiya, bir vaqtlar Anatoliya bo‘ylab qadimiy sivilizatsiyalar tomonidan yaratilgan noyob madaniy buyumlarni o‘z ichiga oladi. Artefaktlarning aksariyati, noqonuniy kontrabanda tarmoqlari orqali mamlakatdan noqonuniy tarzda olib chiqib ketilgan.
Marosimda Manxetten tuman prokuraturasida yirik antik buyumlarni qaytarish amaliyotlariga rahbarlik qilgani bilan tanilgan tuman prokurori o‘rinbosari Matthew Bogdanos hamda AQSh Ichki Xavfsizlik Tergovlari (HSI) Nyu-York bo‘limining maxsus agent o‘rinbosari Tom Acocella ishtirok etdi. Har ikkala rasmiy Turkiya va AQSh o‘rtasidagi mustahkam hamkorlik, kontrabanda tarmoqlarini parchalash va o‘g‘irlangan madaniy merosni qaytarish jarayonida hal qiluvchi rol o‘ynaganini ta’kidladilar.
Mazkur topshirish marosimi, qo‘shma tergovlar natijasida amalga oshirilgan bir qator avvalgi qaytarishlarning navbatdagi bo‘g‘ini bo‘lib, arxeologik merosni talon-taroj va global qora bozordan himoya qilishga qaratilgan tobora chuqurlashib borayotgan hamkorlikni aks ettirmoqda.