DUNYO
1 daqiqa o'qish
Moskvaga 650 ta dron bilan keng koʻlamli hujum uyushtirildi
Rossiya rasmiylari kechasi sodir bo'lgan hujumda bir kishi halok bo'lganini, olti kishi yaralanganini va ko'plab uylarga zarar yetkazilganini ma'lum qilishdi.
Moskvaga 650 ta dron bilan keng koʻlamli hujum uyushtirildi
(ARXIV) Ukrainaning noma’lum hududida ukrainalik harbiy xizmatchi jangovar topshiriq uchun uchirilayotgan FP-1 uzoq masofaga zarba beruvchi dronini kuzatmoqda. / Reuters

Rossiya rasmiylarining seshanba kuni maʼlum qilishicha, oʻtgan tunda Moskva va uning atrofidagi hududlarga 650 ta dron ishtirokida yirik havo hujumi uyushtirilgan. Mazkur zarba oqibatida poytaxt yaqinidagi qishloqlardan birida 20 yoshli yigit halok boʻlgan, bir nechta xonadonlarga jiddiy zarar yetgan. Mintaqa gubernatori Andrey Vorobyov va „RIA Novosti“ axborot agentligi xabarlariga koʻra, hodisa oqibatida yana olti kishi turli darajada jarohat olgan.

Rossiyaning „TASS“ davlat axborot agentligi ushbu zarbani soʻnggi ikki yil ichida Moskva va poytaxt viloyatiga qilingan ikkinchi eng yirik dron hujumi deb baholadi. Soʻnggi oylarda ham Rossiya, ham Ukraina uzoq masofali zarbalarni sezilarli darajada kuchaytirdi. Har ikki tomon energiya, transport va port inshootlari kabi fuqarolik hamda sanoat infratuzilmalarini, shuningdek, Qora dengizdagi kemalarni nishonga olmoqda.

Rossiya tomoni qish mavsumi yaqinlashayotgani sababli Ukrainaning infratuzilma obyektlariga, jumladan, Kiyev shahriga qarshi havo zarbalarini yanada oshirishni rejalashtirayotganini bildirgan.