DUNYO
2 daqiqa o'qish
Kreml: Trampning Nobel mukofotiga nomzodini qo‘llab-quvvatlaymiz
AQSh prezidentining ushbu nufuzli mukofotni qo'lga kiritish imkoniyati uning tashqi siyosatdagi muhim tashabbuslariga qaramay, juda past.
Kreml: Trampning Nobel mukofotiga nomzodini qo‘llab-quvvatlaymiz
Kremlin says it would support Trump for Nobel Peace Prize / AP
10 октябр 2025

Nobel mukofotlarini uzoq yillardan beri kuzatib kelayotgan mutaxassislar, AQSh prezidenti Donald Trump muhim tashqi siyosat tashabbuslarini shaxsan boshqarganiga qaramay, juma kuni e’lon qilinadigan bu nufuzli mukofotni qo‘lga kiritish imkoniyati past ekanini ta’kidlashmoqda.

Rossiya davlat axborot agentligi TASS xabariga ko‘ra, Kreml yordamchisi Yuriy Ushakov Prezident Donald Trump’ning Nobel Tinchlik mukofoti nomzodi haqida so‘z yuritdi.

Rossiya, Trump’ning Ukrainadagi urushni to‘xtatish borasidagi sa’y-harakatlari uchun minnatdor ekanini bir necha bor bildirgan.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy esa payshanba kuni bergan bayonotida, agar Trump otashkesimga erishishni uddalasa, Kiyev uni Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatishini aytdi.

Norvegiya Nobel qo‘mitasi, dunyodagi eng nufuzli, ammo taxmin qilish qiyin bo‘lgan mukofotlardan biri sanalgan Nobel Tinchlik mukofoti g‘olibini juma kuni e’lon qiladi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, qo‘mita odatda tinchlikning barqarorligini ta’minlash, xalqaro birodarlikni mustahkamlash va bu maqsadlarni ilgari suruvchi institutlar faoliyatini e’tirof etishga urg‘u beradi.

Mukofot e’lon qilinishidan avval Trump’ning g‘olib bo‘lish ehtimoli haqida turli taxminlar bildirildi. Biroq Nobel kuzatuvchilari, uning ayrim tashqi siyosiy tashabbuslarni shaxsan boshqarganiga qaramay, AQSh prezidentining g‘alaba ehtimoli past ekanini qayd etmoqda.

Oslo Tinchlik Tadqiqotlari Instituti e’lon qilgan potensial nomzodlar ro‘yxatida quyidagi tashkilot va guruhlar tilga olingan:

Sudandagi Favqulodda Aralashuv Xonalari (Emergency Response Rooms) — mamlakatdagi fuqarolar urushi davrida gumanitar yordamning tayanchiga aylangan mahalliy yetakchilar tarmog‘i;Xalqaro Adliya Sudi va Xalqaro Jinoyat Sudi;

hamda AQShdagi Gazetachilarni Himoya Qo‘mitasi (CPJ) — matbuot erkinligini targ‘ib etuvchi va xizmat paytida halok bo‘lgan jurnalistlar ro‘yxatini yurituvchi tashkilot.

O‘tgan yilgi Nobel Tinchlik mukofoti, Yaponiyadagi atom bombasi qurbonlari tomonidan tashkil etilgan va yadro qurollaridan foydalanishga qarshi jamoaviy harakat yuritayotgan xalq harakati — Nihon Hidankyoga berilgan edi.

Tinchlik mukofoti — har yili Norvegiyaning Oslo shahrida topshiriladigan yagona Nobel mukofoti bo‘lib, qolgan to‘rt toifa bo‘yicha sovrinlar shu hafta Shvetsiyaning poytaxti Stokholmda o‘z egalariga topshirildi:dushanba kuni — tibbiyot,seshanba kuni

fizika,chorshanba kuni — kimyo,payshanba kuni esa — adabiyot yo‘nalishlarida g‘oliblar e’lon qilindi. Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti esa kelasi dushanba kuni e’lon qilinadi.