Eron Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Ismoil Baqoiy mamlakatiga qarshi uyushtirilgan hujumlar va NATOning roli haqida: «NATO Bosh kotibi Mark Rutte bayonotlari Yevropaning Eronga qarshi urushga qo‘shilganini tan olishdir», — dedi.
Baqoiy AQShda faoliyat yurituvchi «X» ijtimoiy media platformasidagi sahifasida Rutte nutqini ulashib, NATO va Yevropaning Eronga qarshi hujumlarda ishtirok etganini bildirdi.
Baqoiy: «NATO Bosh kotibi Mark Ruttening bayonotlari Yevropaning Eronga qarshi hujumlarda ongli ravishda ishtirok etganini tan olishdir», — dedi. Shuningdek, u Yevropa ittifoqiga a’zo davlatlar hamda NATO mamlakatlari AQSh va Isroilning Eronga qarshi uyushtirgan hujumlari uchun javob berishi kerakligini ta’kidladi.
Baqoiy, shuningdek, urush sababli yoqilg‘i narxlarining oshishi va yuzaga kelayotgan boshqa qiyinchiliklarni hisobga olgan holda Yevropa davlatlarining ushbu urushni qo‘llab - quvvatlashdagi roli o‘rganilishi kerakligini bildirdi.
Rutte ishtirok etgan panel muhokamasida AQSh va Isroil 28 - fevral kuni Eronga qarshi hujum boshlaganidan so‘ng Yevropadagi bazalardan 5 mingta parvoz amalga oshirilganini qayd etgan edi.



















