AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) Eronga qarshi ketma - ket olti kun davom etgan hujumlar to‘lqini kecha tunda yakunlanganini ma’lum qildi.
CENTCOM tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda shunday deyiladi: «CENTCOM AQSh Sharqiy vaqti bilan soat 21:40 da (Turkiya vaqti bilan 04:40) Eronga qarshi boshlangan so‘nggi yirik hujum to‘lqinini yakunladi».
Bayonotda qayd etilishicha AQSh Eronning qirg‘oq kuzatuv va havo mudofaasi pozitsiyalari, harbiy logistika infratuzilmasi hamda dengizdagi harbiy salohiyati kabi harbiy nishonlarga jangovar samolyotlar, insonsiz havo transportlari va harbiy kemalar yordamida zarba bergan. Shuningdek, bu AQShning Eronga qarshi ketma - ket oltinchi kechadagi hujumlari ekani ta’kidlandi.
Bayonotda hozirgi paytda Yaqin Sharqda 50 ming nafardan ortiq AQSh harbiy xizmatchisi xizmat qilayotgani ham ma’lum qilindi.
CENTCOM avvalroq, Turkiya vaqti bilan kecha soat 21:00 da Eronga qarshi yangi havo hujumlar to‘lqini boshlanganini e’lon qilgan edi.
Eron matbuoti esa AQSh armiyasi Eronga qarshi yangi hujumlar boshlatganini ma’lum qilishi ortidan Eronshahr aeroporti, Hamidiya shahri, shuningdek Bandar Abbosdagi bir ko‘prik nishonga olingani haqida xabar bergan.


















