G'AZODA URUSH
1 daqiqa o'qish
Isroil armiyasi otashkesimga qaramay yana hujum uyushtirdi
Isroil 2025 - yilning 10 - oktabridan beri yuzlab marotaba qoidabuzarlik qildi va oqibati falastinlik 373 kishining umriga zomin bo‘ldi.
Isroil armiyasi otashkesimga qaramay yana hujum uyushtirdi
_
9 декабр 2025

Mahalliy manbalarga kora Isroil armiyasi dushanba kuni (08.12.2025) Gazoda yana o‘q uzishni toxtatish kelishuvini buzdi. Isroil nazorati ostidagi hududlarda portlashlar, artilleriya oqi va oqotar qurol ovozlari eshitildi.

Joriy yilning 10 - oktabri kuni kuchga kirgan o‘q uzishni toxtatish kelishuvi, Isroilning 2023 - yilning oktabr oyidan beri davom etayotgan va 70 ming nafardan ortiq inson umriga, 171 ming nafardan ortiq insonning esa sog‘ligiga zomin bo‘lgan genotsid tusdagi urushni toxtatgandi.

Mahalliy manbalar Anadolu axborot agentligiga bergan ma’lumotida, Isroil butunlay ozi egallab olgan Rafohning garbiy qismida turar - joylarni portlatgani va shahar sharqida oq uzgani aytildi.

Isroil armiyasi, shuningdek, Xon Yunusning sharqida va ozi bosib olgan hududlarda artilleriya va vertolyot hujumlari uyushtirdi.

Gazo matbuot idorasiga kora Isroil yuzlab marotaba o‘q uzishni toxtatish kelishuvini buzgan, oqibati esa falastinlik 373 kishining umriga, 970 kishining esa sog‘ligiga zomin bo‘ldi.

Isroil 2023 - yilning oktabr oyidan beri Gazoda, ko‘pchiligi ayollar va yosh bolalardan iborat 70 ming nafardan ortiq insonni oldirdi, 171 ming nafardan ortiq kishini yaraladi.