Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir Qolibof AQShning dengiz blokadasini harbiy yo‘llar bilan yorib o‘tish imkoniyatlari borligi va yaqinda bu borada qadamlar tashlashlarini bildirdi. Shuningdek, mamlakatning «na urush, na tinchlik» holatidan chiqish yo‘li doimiy tiyib turish salohiyatiga erishish ekanini ta’kidladi.
Fars axborot agentligining xabar berishicha Qolibof 3 - Media kubogi tadbirining yopilish marosimida so‘zlagan nutqida dushman «na urush, na tinchlik» sharoitlarini Eronga majburan qabul qildirish orqali mamlakatni holdan toydiradigan jarayonga olib kirishni istayotganini ta’kidladi.
Qolibof: «Blokadani (AQShning dengiz blokadasini) harbiy yo‘llar bilan yorib o‘tish imkoniyatlari bor. Yaqin vaqt ichida bu borada qadamlar tashlaymiz», - dedi.
Mavjud «na urush, na tinchlik» holatidan chiqish yo‘li doimiy tiyib turish salohiyatiga erishish ekanini qayd etgan Qolibof, bunga faqat mamlakatni kuchaytirish orqali erishish mumkinligini bildirdi.
Eron parlamenti spikeri Qolibof mamlakatni kuchaytirish uchun ilm - fanni faollashtirish va texnologiyalar yordamida uni o‘zgartirish ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanini ta’kidladi.














