DUNYO
2 daqiqa o'qish
Filippinda Kalmaegi to‘foni 188 kishining hayotiga zomin bo'ldi
Kalmaegi to‘foni Filippindan keyin Vetnam bo'ylab harakatlanmoqda.
Filippinda Kalmaegi to‘foni 188 kishining hayotiga zomin bo'ldi
People watch rough waves caused by Typhoon Kalmaegi in Khanh Hoa, Vietnam, Thursday, November 6, 2025.
7 ноябр 2025

Tayfun Kalmaegi juma kuni ertalab Vetnam bo‘ylab harakatlanib, Filippinda vayronkor iz To‘fon Filippin orollarida kuchli yomg‘ir va suv toshqinlarini keltirib chiqargan, avtomobillar va yuk mashinalarini oqizib ketgan. Payshanba kechasi Kalmaegi Vetnamga kirib kelgan.

Vetnamning Gia Lay viloyatida yashovchi 42 yoshli baliqchi Nguen Van Tam, “Uyimning ikkinchi qavatidagi tom uchib ketdi,” dedi.
Atrof-muhit vazirligiga ko‘ra, to‘fon sohilga urilgan paytda shamol tezligi soatiga 149 kilometrga yetgan. Ko‘plab daraxtlar qulagan, o‘nlab uylar vayron bo‘lgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Gia Lay va qo‘shni Dak Lak viloyatlarida besh kishi halok bo‘lgan, 57 ta uy butunlay vayron bo‘lgan.
Shuningdek, 3 mingga yaqin uyning tomi uchgan yoki zarar ko‘rgan, 11 ta kema va qayiq cho‘kkan.

AFP xabariga ko‘ra, harbiylar va qutqaruvchilar Quy Nhon sohilida tunda uchgan temir tomlarni yig‘ish, yo‘llarni tozalash va qulagan daraxtlarni olib tashlash ishlarini davom ettirishmoqda.
64 yoshli Tran Nqo An esa, “Bu hayotimda ko‘rgan ikkinchi eng katta to‘fonim. O‘n yil avval ham to‘fon bo‘lgandi, lekin bu safargi ancha kuchli,” dedi.

Davlat elektr shirkati ma’lum qilishicha, to‘fon oqibatida 1,6 million iste’molchi elektrsiz qolgan, ammo juma ertalabga kelib ularning uchdan biriga elektr ta’minoti tiklangan.

Meteorologiya xizmati shamol kuchi pasayganini bildirgan bo‘lsa-da, mamlakatning markaziy sohil hududlari uchun hanuz kuchli yomg‘ir ogohlantirig‘i berilgan.

Vetnam dunyodagi eng faol tropik bo‘ronlar mintaqasida joylashgan bo‘lib, har yili o‘rtacha 10 ta to‘fon yoki kuchli bo‘ronni boshdan kechiradi. Ammo Kalmaegi bu yilgi 13-to‘fon bo‘ldi.

Olimlar inson faoliyati bilan bog‘liq iqlim o‘zgarishi tufayli to‘fonlar tobora kuchayib borayotganini aytmoqda. Dengiz suvlarining isishi bo‘ronlarning tez kuchayishiga, issiq atmosfera esa ko‘proq yog‘in-sochin bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.

Filippinlarda esa Kalmaegi Sebu va Negros orollarini vayron qilgan, suv sathi rekord darajada oshgan.
Rasmiylar 135 kishining hanuz bedarak yo‘qolganini ma’lum qildi.

Vetnamda esa to‘fon bir haftadan ortiq davom etgan kuchli yomg‘irlardan keyin kelgan bo‘lib, bu holatlar kamida 47 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan. Tarixiy Hue shahri va Hoi An qadimiy shaharchasi suv ostida qolgan.
Bir sutkada yog‘gan yomg‘ir miqdori 1,7 metrga yetib, mamlakat tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichni yangiladi.

2 300 ta daryo tarmog‘iga ega va 3 200 kilometrdan uzun qirg‘oqqa ega Vetnam yuqori suv toshqini xavfi ostida.
Milliy statistika idorasiga ko‘ra, Kalmaegidan oldin ham bu yil tabiiy ofatlar 279 kishining o‘limi yoki bedarak yo‘qolishiga sabab bo‘lgan va mamlakat iqtisodiyotiga 2 milliard dollardan ortiq zarar yetkazgan.