Hindistonning IndiGo aviakompaniyasi 500 ta qatnovni bekor qildi

Hindistonning IndiGo aviakompaniyasi rejalashtirish ishlaridagi xatolari tufayli kelib chiqan muammolar yuzasidan 500 ta qatnov yoki uchishni bekor qilishga majbur bo‘ldi.

By
_

IndiGo juma kuni butun mamlakat bo‘ylab, jumladan Yangi Dehlidan yo‘lga chiqishi rejalashtirilgan barcha reyslarni o‘z ichiga olgan holda, qariyb 500 ta parvozni bekor qiladi. Bu — yangi uchuvchi ish - vaqt tartiblariga oid yetarli rejalashtirish olib borolmaganini tan olgan Hindistonning eng yirik aviakompaniyasini qamrab olgan operatsion inqirozning yanada chuqurlashayotganidan darak beradi.

Bugun bilan to‘rtinchi kunga kirgan uzilishlar IndiGo tarmog‘ini oqsatdi va minglab yo‘lovchilarni chorasiz qoldirdi. Bu holat aviakompaniya tarixidagi eng jiddiy operatsion cho‘kish sifatida ta’riflanmoqda.

IndiGo Hindiston ichki aviayoaloqa bozorining 60 foizidan ortig‘iga hukmronlik qiladi.

Aeroport rasmiylarining aytishicha, aviakompaniya Mumbayda 104 ta, Bengaluruda 102 ta va Haydarobodda 92 ta reysni bekor qilishni rejalashtirgan. Dehli xalqaro aeroporti kun davomida barcha IndiGo reyslari — manbaga ko‘ra taxminan 235 ta reys — qo‘nayotganini tasdiqladi.

Noto‘g‘ri qarorlar va rejalashtirishdagi bo‘shliqlar

IndiGo, tartibsizliklar 1 - noyabrda kuchga kirgan Hindistonning yangi uchuvchi charchoqlari qoidalarini tatbiq etishdagi noto‘g‘ri qarorlar va rejalashtirishdagi bo‘shliqlardan kelib chiqqanini bildirdi.

Yangilangan tartiblar uchuvchilar uchun majburiy haftalik dam olishni 36 soatdan 48 soatga oshiradi va ruxsat etilgan tungi qo‘nishlar sonini haftasiga oltitadan ikkitaga tushiradi.

Payshanba kuni (04.12.2025) aviakompaniya, tartibga soluvchilarga barcha operatsiyalar 10 - fevralga qadar to‘liq tiklanishi kutilayotganini ma’lum qildi va ba’zi tungi navbatchilik cheklovlari bo‘yicha vaqtinchalik imtiyoz talab qildi.

Bu cho‘kish investorlar ishonchini ham izdan chiqardi. IndiGo aksiyalari juma kuni (05.12.2025) qariyb 3 foizga pasaydi va haftalik yo‘qotishlar 10 foizdan oshdi.

Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra aviakompaniyaning o‘z vaqtida parvoz boshlash ko‘rsatkichi payshanba kuni (04.12.2025) 8,5 foizga tushib ketgan; bundan bir kun avval esa 19,7 foiz edi. IndiGo payshanba kuni 250 dan ortiq, chorshanba kuni esa qariyb 150 ta reysni bekor qilgan.

Hindiston — AQSH va Xitoydan keyin dunyodagi uchinchi eng yirik ichki aviatsiya bozori bo‘lib, arzon narxli aviakompaniyalar umumiy quvvatning 78 foizidan ortig‘ini nazorat qiladi. Ichki yo‘lovchi o‘rinlarining ko‘pchiligini ta’minlab kelgan IndiGo bu hafta yuz bergan inqiroz tarmoqni to‘xtash darajasiga kelguniga qadar faol ravishda xalqaro yo‘nalishlarga keng ko‘lamli faoliyat yuritayotgandi.