TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Hakan Fidan NCAG raisi Ali Shaas bilan uchrashdi
Hakan Fidan poytaxt Anqarada G‘azo boshqaruvi Milliy qo‘mitasi (NCAG) raisi Ali Shaas bilan uchrashdi.
Hakan Fidan NCAG raisi Ali Shaas bilan uchrashdi
_
14 соат олдин

Turk diplomatik manbalariga ko‘ra Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan G‘azo boshqaruvi Milliy qo‘mitasi (NCAG) raisi Ali Shaas bilan uchrashdi.

O‘tgan yilning oktabr oyida kuchga kirgan otashkesimdan keyin tashkil etilgan NCAG — G‘azoning harbiy bo‘lmagan boshqaruvi va qayta qurilishini nazorat qilishni ko‘zlagan tinchlik sa’y - harakatlari doirasida tuzilgan falastinlik boshqaruv organidir. Turkiya esa qamal ostidagi hududni barqarorlashtirish va qayta tiklash maqsadida diplomatik hamda insonparvarlik jihatidan yordam bermoqda.

NCAG shanba kuni bergan bayonotida, G‘azo ma’muriyatining barcha davlat muassasalarini topshirishga tayyor ekanini bildirishi; o‘tish davri boshqaruvida qo‘mitaning mas’uliyatni to‘liq zimmasiga olishi uchun zamin yaratganini ta’kidladi.

G‘azo matbuot idorasi payshanba kuni milliy qo‘mitani yana bir bor o‘z vazifalarini bajarishni boshlashga chaqirdi. Hamas ham qo‘mita ishini yengillashtirishga tayyor ekanini bir necha bor ma’lum qilgan.

Qo‘mita a’zolarining G‘azoga kirishi, Isroil nazoratidagi chegara o‘tish punktlari orqali maydon va xavfsizlik bo‘yicha muvofiqlashtirishni talab etadi. Kirishning kechikishi yuzasidan rasmiy izoh berilmagan va Isroil ham bu borada fikr bildirmagan.

Operatsion mustaqillik izlanmoqda

Qo‘mita G‘azoda samarali va mustaqil faoliyat yurita olishi «tiklanish va qayta qurish uchun xalqaro yordam yo‘lini ochishini, Isroilning to‘liq chiqib ketishini ta’minlashini va kundalik hayotning tiklanishiga xizmat qilishini» ta’kidladi.

Shuningdek, qo‘mita vositachilar yoki o‘rtamchilar bilan barcha tomonlarni «kutilayotgan masalalarni kechiktirmay hal qilish uchun kerakli sa’y - harakatlarni kuchaytirishga» chaqirib, Falastin xalqining «yana vaqt yo‘qotishga toqati yo‘qligini va ishonchli, muammosiz o‘tish davrini ta’minlash uchun hozir harakat qilish zarurligini» qayd etdi.

O‘tgan 2025 - yilning 10 - oktabri kuni kuchga kirgan otashkesim, Isroilning G‘azoga qarshi ikki yil davom etgan urushini to‘xtatdi ammo hujumlar kamayishi va cheklangan ravishda bo‘lsa ham insonparvarlik yordami olib kirilishiga qaramay qoidabuzarliklar davom etmoqda.

Falastinlik rasmiylar voqeada 72 ming nafardan ortiq inson halok bo‘lgani, 171 ming nafardan ortiq inson esa tan jarohati olgani; harbiy bo‘lmagan infratuzilmaning esa 90 foizi yer bilan yakson bo‘lganini bildirdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti esa hududni qayta tiklash xarajatlari taxminan 70 milliard dollar bo‘lishini qayd etmoqda.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra otashkesim yoki sulh kuchga kirgandan buyon falastinlik kamida yana 591 kishi halok bo‘lgan, 1 ming 578 kishi esa yaralangan.