TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Prezident Erdo‘g‘an bugun Tasulas bilan uchrashadi
Prezident Erdo‘g‘an bugun Istanbulda Konstantinos Tasulas bilan uchrashadi.
Prezident Erdo‘g‘an bugun Tasulas bilan uchrashadi
_
 

Prezident Erdo‘g‘an bugun (28.11.2026) Gretsiya Prezidenti Konstantinos Tasulas bilan uchrashadi. Bu haqida Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi rahbari Burxaneddin Duran ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma’lumot bo‘lishdi.

Burxaneddin Duran mavzu haqida kecha bergan bayonotida: “Prezidentimiz, janob Rejep Tayyip Erdo‘g‘an 2026 - yilning 28 - noyabri kuni Istanbul shahrida Gretsiya Prezidenti Konstantinos Tasulas bilan uchrashuv o‘tkazadi”, — degan ifodalarga o‘rin berdi.

Ikki tomonlama uchrashuv Do‘lmabaxchedagi Ishchi idorada bo‘lib o‘tadi.