G'AZODA URUSH
2 daqiqa o'qish
Isroil Gʻarbiy Sohilda falastinlik yana ikki kishini oʻldirdi
Isroil kuchlari bilan noqonuniy koʻchmanchi yoki oʻzboshimcha joylashib oluvchilar 2023 - yilning oktabr oyidan beri Gʻarbiy Sohilda falastinlik kamida 1 ming 102 kishi umriga zomin boʻldi.
Isroil Gʻarbiy Sohilda falastinlik yana ikki kishini oʻldirdi
_
21 декабр 2025

Falistin Sogʻliqni Saqlash vazirligi ishgʻol ostidagi Gʻarbiy Sohilda Isroil kuchlari tomonidan oʻq uzilishi oqibatida yana ikki kishi halok boʻlgani va ulardan bir nafari yosh bola ekanini qayd etdi. Halok boʻlganlardan tashqari falastinlik yana ikki kishi tan jarohati olgan.

Vazirlik mavzu haqida kecha (20.12.2025) bergan bayonotida, 16 yoshli oʻspirim Gʻarbiy Sohilning shimolida; Jenin shahrining janubi - gʻarbida joylashgan Qabatiya qishlogʻida Isroil oʻqi oqibatida jon berganini bildirdi.

Shuningdek, vazirlik, Isroil kuchlari qurbon boʻlgan oʻspirimning tanasini bermaganini oʻz soʻziga ilova etdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada, bola shunchaki yurib ketyatib, toʻsatdan Isroil askarlari tomonidan kuchli oʻqqa tutilganini koʻrish mumkin.

Vazirlik ma’lumotiga koʻra, 22 yoshli falastinlik yana bir kishi Jeninning gʻarbida joylashgan Silah al - Haritiya qishlogʻida Isroil kuchlari tomonidan oʻldirilgan.

Guvohlarning aytishicha, Isroil kuchlari qishloqqa bosqin uyushtirib, hududga joylashib olgan.

Shu bilan birga, Falastinning rasmiy axborot agentligi Wafa tomonidan xabar berilishicha, Tulkarm shahrining sharqidagi Nur Shams qochqinlar lageri yaqini bilan Quddusning shimolida joylashgan al - Ram qishlogʻida falastinlik ikki kishi Isroil oʻqi oqibatida tan jarohati olgan.

Eslatib oʻtamiz, 2023 - yilning oktabr oyidan beri Isroil kuchlari bilan noqonuniy koʻchmanchilar yoki birovning hududiga oʻzboshimchalik bilan joylashib oluvchilar ishgʻol ostidagi Gʻarbiy Sohilda falastinlik kamida 1 ming 102 kishi umriga zomin boʻldi. Ulardan tashqari qariyb 11 ming kishiga tan jarohati yetkazib, taxminan 21 ming kishini hibsga oldi.

Oʻtgan yilning iyul oyida e’lon qilingan muhim xulosada Xalqaro sud Isroilning Falastin hududlaridagi ishgʻolini noqonuniy deb topdi va ishgʻol ostidagi Gʻarbiy Sohil bilan Sharqiy Quddusdagi barcha aholi punktlarini boʻshatishni talab qildi.