Isroil G‘azoda yana qoidabuzarlik qildi

Isroil G‘azoda yana qoidabuzarlik qildi va oqibatida falastinlik yana olti kishi umriga zomin bo‘ldi.

By
_

Isroilning G‘azo janubidagi politsiya nuqtalarini nishonga olgan havo hujumlari natijasida falastinlik olti kishi halok bo‘ldi. Ular orasida bir bola ham borligi aniqlanar ekan, halok bo‘lganlardan tashqari ko‘pchilik tan jarohati oldi.

Tibbiy xodimlar Isroil samolyotlari G‘azoning janubidagi Xon Yunusda ikkita politsiya nazorat punktiga qarshi hujum uyushtirgani, oqibatida uch nafar politsiya xodimi bilan tinch aholidan uch kishi halok bo‘lgani; ulardan bir nafarining kichik qiz bola ekanini ma’lum qildi.

Shanba kuni erta tongda G‘azoning turli hududlarida Isroil tomonidan ochilgan artilleriya o‘qi natijasida, ularning ikkitasi aka-uka bo‘lgan uch nafar falastinlik halok bo‘ldi, to‘rt kishi esa yaralandi.

Falastin Sog‘liqni Saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra Isroil kuchlari o‘tgan 2025 - yilning 10 - oktabrida kuchga kirgan o‘t ochishni to‘xtatish rejimini har kuni buzib, 18 - mart holatiga ko‘ra 691 kishi umriga, 1 ming 876 kishining esa sog‘ligiga zomin bo‘lgan.

Isroil 2023 - yilning oktabr oyida G‘azoga qarshi boshlatgan hujumlari oqibatida falastinlik 72 ming nafardan ortiq insonni o‘ldirdi, qariyb 172 ming kishini yaraladi va mintaqadagi fuqarolik infratuzilmasining qariyb 90 foizini vayron qildi.