DUNYO
3 daqiqa o'qish
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Lavrov: AQSHning Eronga hujumi olov bilan o‘ynash demakdir
Rossiya harbiy harakatlar yanada kengroq mintaqaviy inqirozga olib kelishi va mo‘rt diplomatik yutuqlarga putur yetkazishi mumkinligini bildirdi.
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Lavrov: AQSHning Eronga hujumi olov bilan o‘ynash demakdir
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov MAGATE tomonidan nazorat qilingan Eron yadroviy obyektlariga avvalgi hujumlar allaqachon jiddiy xavflarni keltirib chiqarganini taʼkidladi. / Reuters
19 феврал 2026

Rossiya harbiy harakatlar yanada kengroq mintaqaviy inqirozga olib kelishi va mo‘rt diplomatik yutuqlarga putur yetkazishi mumkinligini aytar ekan, Suriyadagi asosiy harbiy mavjudligini saqlab qolish uchun yangi rahbariyat bilan muzokaralar davom etayotganini tasdiqladi.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Eronga qarshi har qanday AQSH hujumi xavfli oqibatlarga olib kelishi haqida ogohlantirib, Tehronning yadroviy dasturi tinchlik maqsadida qolishini ta’minlash uchun diplomatiya choralarini ko‘rishga chaqirdi. Lavrov Saudiya Arabistonining "Al-Arabiya" kanaliga bergan va chorshanba kuni nashr etilgan intervyusida, Eronning Xalqaro atom energiyasi agentligi (IAEA) tomonidan kuzatiladigan yadroviy inshootlariga qarshi avvalgi hujumlar allaqachon jiddiy xavflarni yuzaga keltirganini aytdi.

Lavrov: "Oqibatlar yaxshi emas. Yadroviy hodisa yuz berishi xavfi bor edi... Hamma buni olov bilan o‘ynash ekanini tushunib turibdi", – deb ta’kidladi. Ushbu bayonotlar AQSH va Eron muzokarachilarining Jenevada bo‘lib o‘tgan va Tehron bilan Vashington o‘rtasidagi so‘nggi taranglikni bartaraf etishga qaratilgan bilvosita muloqotidan bir kun o‘tib yangradi.

“To‘qnashuv mintaqadagi so‘nggi diplomatik rivojlanishga tahdid solmoqda”

Lavrov mintaqaviy kuchlar, ayniqsa, Arab davlatlari va Ko‘rfaz monarxiyalari taranglikning kuchayishini istamasliklari haqida ishoralar berayotganini qayd etib, ehtimoliy to‘qnashuv Eron va Saudiya Arabistoni kabi qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘z ichiga olgan so‘nggi diplomatik siljishlarni ortga qaytarishi mumkinligidan ogohlantirdi.

AQSHning yuqori lavozimli mulozimiga ko‘ra, Tehron Vashington bilan bo‘lgan kelishmovchilik qanday hal qilinishi mumkinligi borasida yozma taklif taqdim etishi kutilmoqda. AQSH milliy xavfsizlik mutasaddilari mintaqadagi harbiy tayyorgarlikni ko‘rib chiqmoqda. Amerika kuchlarining mart oyi o‘rtalariga qadar to‘liq joylashtirilishi kutilmoqda. Vashington Eron yadroviy dasturidan voz kechishi kerakligini talab qilayotgan bir paytda, Tehron yadroviy qurolga intilmayotganini va yadroviy energiyadan foydalanish huquqiga ega ekanini aytmoqda.

Lavrov Moskvaning Eron rahbarlari bilan yaqin aloqada ekanini va Tehron ushbu nizoni "Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma" doirasida hal qilmoqchi ekaniga ishonishini bildirdi. U har qanday kelishuv Eronning qonuniy huquqlarini hurmat qilishi va uranni boyitish faoliyati tinchlik maqsadida qolishini ta’minlashi zarurligini ta’kidladi.

Rossiyaning Suriyadagi harbiy mavjudligi

Lavrov Suriya mavzusiga ham to‘xtalib, Rossiya mamlakatdagi asosiy harbiy ob’ektlarini saqlab qolish uchun Suriyaning yangi rahbariyati bilan muzokaralar olib borayotganini aytdi.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri: "Harbiy inshootlarimizga kelsak, muzokaralar davom etmoqda. Takrorlayman: suriyaliklar mamlakatdagi mavjudligimiz davom etishini xohlaydi. Ushbu inshootlar 2025-yil dekabrigacha bo‘lgani kabi endi butunlay harbiy vazifani bajarmasa-da, insonparvarlik yordam markazlari sifatida qayta tashkil etilishiga juda mos keladi", – dedi.

Lavrov o‘zaro hurmat va manfaatdorlik tamoyili Suriya tashkil etilganidan buyon Rossiyaning ushbu mamlakat bilan munosabatlarining asosi bo‘lib kelganini aytdi. Suriya Prezidenti Ahmed Shara to‘rt oydan kamroq vaqt ichida Rossiyaga ikki marta tashrif buyurgani va Suriya Tashqi ishlar vaziri Esad Hasan Sheybaniy bir yil ichida Rossiya rasmiylari bilan bir necha bor uchrashgani har ikki tomon ham bu aloqalarga katta ahamiyat berayotganidan dalolat berishini bildirdi.

Lavrov Moskvaning Suriyadagi, xususan, Xmeymim va Tartusdagi mavjudligi "boshqa kuchlarga qarshi barqarorlikni ta’minlovchi muvozanat omili" sifatida ko‘rilayotganini ilgari surdi. Rossiya qariyb 15 yil davom etgan va yuz minglab odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan ichki urushdan so‘ng ag‘darilgan sobiq rejim rahbari Bashar Assadga uzoq vaqt davomida moliyaviy va harbiy yordam ko‘rsatib kelgan edi. Assad 2024-yil dekabr oyida Rossiyaga qochib ketgan.

 

Boxabar bo'ling!
Pasxa otashkesimi yakunlandi: Ukraina va Rossiya dron hujumlarini qayta boshladi
Hormuz inqirozi: ASEAN dengiz qatnovi to‘xtashi va AQSH-Eron keskinligi fonida vazminlikka chaqirdi
Al-Aqsoga bostirib kirgan Ben-Gvir keskin tanqid qilindi
Ispaniya Bosh vaziri Sanches Pekin tashrifi chog‘ida Xitoy-YI savdo kamomadini barqaror emas dedi
Budapeshtda tarixiy o‘zgarish: Orban davri tugadi, Madyar g‘alaba qozondi
Eron AQSh tahdidlariga taslim bo‘lmasligini ta'kidladi
AQSh Eronga qarshi yangi harbiy zarbalar uyushtirish yo‘llarini ko‘rib chiqmoqda
Sudandagi oziq - ovqat inqirozi mamlakatni ocharchilik yoqasiga yetaklamoqda
Rossiya - Ukraina o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan otashkesim muddati tugadi
Eron bilan bog'liq ziddiyatlar kuchaygan bir paytda, Tramp Papa Leo XIVni tanqid qildi
Vens: Pokistondagi muzokarada AQSh - Eron kelishuvi qayd etilmadi
Rossiya - Ukraina o‘rtasidagi otashkesim kuchga kirdi
AQSh - Eron o‘rtaisdagi tinchlik muzokaralari Islombodda o‘z ishini boshladi
Rossiya bilan Ukraina 175 nafardan harbiy asirni o‘zaro almashdi
Yaqin Sharqdagi urushda AQSHning Eronga qarshi uchuvchisiz apparatlar talofati ortmoqda
AQSH razvedkasi: Xitoy Eronga havo mudofaasi tizimlarini yetkazishni rejalashtirmoqda
Isroil Eronga qarshi 10 800 dan ortiq havo zarbasi berganini ma’lum qildi
AQSH vitse-prezidenti J.D. Vens Eron bilan o‘ta muhim muzokaralarni boshlash maqsadida Pokistonda
Eron Galibofi va Aragchiy Pokistonda Vans bilan Islomodod uchrashuvi uchun yo'lda
AQSH NATO davlatlaridan askarlarini olib chiqishni rejalashtirmoqda