DUNYO
1 daqiqa o'qish
Tramp Tehronga bosimni oshirar ekan, Putin Eronning eng yuqori xavfsizlik amaldori bilan uchrashdi
Eron elchixonasi, Putin bilan Larijoniy o‘rtasidagi muzokaralar iqtisodiy aloqalar hamda "muhim mintaqaviy va xalqaro mavzularga" qaratilganini ma’lum qildi.
Tramp Tehronga bosimni oshirar ekan, Putin Eronning eng yuqori xavfsizlik amaldori bilan uchrashdi
Moskva Vashington va Tehron oʻrtasida vositachilik taklif qildi. / AFP
31 январ 2026

Kreml, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin juma kuni Moskvada Eronning eng yuqori xavfsizlik organi rahbarini qabul qilganini e’lon qildi. Uchrashuv, Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSH) Prezidenti Donald Tramp Eronni yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvga majburlashga urinayotgan bir paytda amalga oshdi.

Kremlning internet saytida e’lon qilingan bayonotda, "Prezident, Rossiyaga tashrif buyurgan Eron Islom Respublikasi Oliy Milliy Xavfsizlik Kengashi kotibi Ali Larijoniy(ni) Kremlda qabul qildi" ifodalariga o‘rin berildi.

Tramp, juma kuni erta tongda bergan bayonotida, Rossiyaning yaqin ittifoqchisi bo‘lgan Eron harbiy aralashuvdan qochish uchun yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuv tuzishni istashiga ishonishini aytdi. AQSH Prezidenti shuningdek, yaqinda namoyishchilarga qarshi bosim o‘tkazgan Eronga nisbatan harbiy hujum tahdidini takrorladi.

Eronning Moskvadagi elchixonasi esa ijtimoiy tarmoq orqali qilgan xabarida, Putin bilan Larijoniy o‘rtasidagi muzokaralar iqtisodiy aloqalar bilan "muhim mintaqaviy va xalqaro masalalar" ustida jamlanganini, biroq tafsilot berilmaganini bildirdi.

Tashrifning oldindan e’lon qilinmagani, Rossiya davlat axborot agentligi "RIA Novosti" tomonidan xabar qilindi. Moskva, Vashington bilan Tehron o‘rtasida vositachilik qilishni taklif qilmoqda.

 

Boxabar bo'ling!
Rossiya Jeneva muzokaralari oldidan Ukrainaga tegishli 151 dironni qaytarganini bildirdi
Isroilning G‘arbiy qirg‘oqdagi yerlarni egallashi xalqaro huquqni ochiqdan-ochiq buzishdir
BMT ekspertlari Epshteyn hujjatlari bo‘yicha xalqaro tergov o‘tkazishga chaqirdi
Xitoyda Yangi yil arafasida halokatli portlash yuz berdi
Eron AQShni yadroviy muloqotda mustaqil qaror chiqarishga chaqirdi
Isroil tomonidan Livan - Suriya chegarasida hujum uyushtirildi
Isroil Livan janubiga qarshi yana hujum uyushtirdi
Rossiya: BRICS Harbiy Ittifoqqa Aylanish Iddealarini Rad Etmoqda
Donald Trump: Eron bilan yadro so‘zlashuvlarida muvaffaqiyat kaliti "qorquv" bo‘lishi mumkin
Isroil hukumati Ramazon oyida Masjidi Aqsaga musulmonlar kirishini cheklashni rejalashtirmoqda
Bangladesh Milliyatchi Partiyasi yakshanbagacha yangi hukumatni tuzadi
Tehron minglab kishilar halok bo‘lgan namoyishlardan so‘ng tergov komissiyasi tuzdi
Eron bilan Yadroviy muzokaralar vaqtida AQSH floti Yaqin Sharqqa yo‘l olmoqda
“Buldozer siyosati” xavotir uyg‘otayotgan bir paytda global yetakchilar Myunxenda to‘planmoqda
Kolumbiyada sel falokati yuzasidan favqulodda holat e'lon qilindi
AQSH va Meksika Tinch okeanida hamkorlikda bir necha tonna kokainni qo‘lga oldi
Isroil prezidentining Avstraliyaga tashrifi arafasida namoyish bo'lib o'tdi
Rossiya harbiy obyektiga urilgan raketa tufayli atrofdagi qishloq aholisi evakuatsiya qilindi
Sudanda Nil daryosida yuz bergan fojiada 15 kishi halok bo‘ldi
Pezeshkiyan:  Eron yadro dasturi bo‘yicha kelgan talablarga bo‘ysunmaydi