G'AZODA URUSH
2 daqiqa o'qish
G‘azoda falastinlik yana bir chaqaloq halok bo‘ldi
Isroil boshlagan urush natijasida G‘azoning harbiy bo‘lmagan infratuzilmasining qariyb 90 foizi vayron bo‘ldi. Eng yomoni, yuz minglab falastinlik haligacha uy - joysiz va sovuq qish kunlarida chodirlarda jon saqlashga urinmoqda.
G‘azoda falastinlik yana bir chaqaloq halok bo‘ldi
_
20 январ 2026

Tibbiy manbalarga ko‘ra G‘azoda haddan tashqari sovuq havoqa duchor bo‘lgan falastinlik chaqaloqlardan yana biri vafot etdi. Qayd etilishicha bu qish mavsumida sovuq havo yuzasidan halok bo‘lgan bolalar soni shu bilan to‘qqiz nafarga yetdi.

Manbaning Anado‘lu axborot agentligiga bergan ma’lumotiga ko‘ra G‘azo shahrining al -Daraj mahallasida yashagan yetti oylik Shatha Abu Jarad kuchli sovuq oqibatida yuragi to‘xtashi ortidan bugun (20.01.2026) hayotdan ko‘z yumdi.

Bu o‘lim G‘azoda o‘z uy - joyidan ko‘chirilgan aholi og‘ir sharoitlarda yashashda davom etayotgan bir paytda sodir bo‘ldi.

Yuz ming nafarlab oilalar qish sharoitlaridan yetarli darajada himoyalanmagan holda chodirlarda yoki haddan tashqari gavjum boshpanalarda jon saqlashga yoki yashash urinmoqda; ularda yetarli adyol, issiq kiyim - kecha va isitish imkoniyatlari yo‘q. Bu holat Isroilning ikki yildan ortiq davom etgan, genotsid tusidagi urushidan keyin qayd etildi.

Insonparvarlik yordami yetkazib berish tashkilotlari yetakchilarining ma’lum qilishicha, Isroil, o‘tgan 2025 - yilning 10 - oktabri kuni kuchga kirgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga qaramay G‘azoga qarshi hujum uyushtirishni davom ettirmoqda. Eng yomoni, chodirlar va ko‘chma uylarni ham o‘z ichiga olgan boshpana materiallarining G‘azoga yetkazib berilishiga ham to‘sqinlik qilinmoqda.

Vayronkor gumanitar oqibatlar

O‘tgan hafta G‘azo hukumati media ofisi sovuq bilan bog‘liq o‘limlar soni qariyb 30 nafarga yetgani va qurbonlarning barchasi vaqtinchalik lagerlarda jon saqlayotgan yoki yashashga urinayotgan falastinliklar ekanini ma’lum qildi.

Shuningdek, ofis, hududni urgan so‘nggi bo‘ronlar oqibatida taxminan 7 mingta chodir vayron bo‘lgani va muzlash darajasidagi sovuqlar qaytishi bilan vayronkor gumanitar oqibatlar yuz berishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Isroil tomonidan ko‘plab uy - joy va infratuzilmalar vayron qilinishi ortidan 1,5 million nafardan ortiq falastinlik lagerlarida jon saqlashga majbur bo‘ldi.

Falastin Sog‘liqni Saqlash idoralariga ko‘ra 2023 - yilning oktabr oyidan buyon davom etayotgan urushda asosan ayollar va yosh bolalardan iborat 71 ming nafardan ortiq inson halok bo‘lgani va 171 ming nafardan ortiq inson esa tan jarohati olganini ma’lum qildi.

Eng yomoni, Isroili otashkesimga qaramay hujumlarini davom ettirmoqda.