Isroil falastinlik yana 15 nafar mahbus jasadini topshirdi

Isroil halok bo‘lgan falastinlik yana 15 nafar mahbusning jasadini topshirdi va bu orqali Isroildan G‘azoga qaytarib berilgan falastinliklarning jasadlari soni 285 nafarga yetdi.

By
_

Gazodagi shifoxona rasmiylari, chorshanba kuni (05.11.2025) Isroildan falastinlik 15 nafar mahbusning jasadini olganliklarini ma’lum qildi.

Xon Yunusdagi Nosir shifoxonasi rasmiylari tomonidan berilgan mazkur bayonotda, Isroildan Gazoga qaytarib berilgan falastinliklarning jasadlari soni 285 nafarga yetgani aytildi.

Isroilning bu harakati Falastin qarshilik harakati Hamasning AQSh o‘rtamchiligida Isroil bilan tuzilgan sulh bitimi doirasida yana bir isroillik mahbusning jasadini G‘azodagi Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasiga topshirishidan bir kun o‘tib qayd etildi.

Kelishuvning birinchi bosqichi, isroillik mahbuslarni ozod qilish evaziga taxminan 2000 nafar falastinlik mahbusni o‘z yaqinlari quchog‘iga topshirishni o‘z ichiga oladi.

Isroil, halok bo‘lgan har bir mahbusning jasadi evaziga falastinlik 15 kishi jasadini topshirmoqda.

Hamas ma’lumotlariga ko‘ra hozirgacha isroillik 20 nafar mahbus tiriklayin ozod qilindi va halok bo‘lgan 28 nafar mahbusdan 19 nafarining jasadi qaytarildi. Ularning ko‘pchiligi isroilliklar edi.

Ammo Isroil topshirilgan jasadlardan birining bedarak yo‘qolgan mahbuslaridan emasligini iddao etdi. Isroil kelishuvning ikkinchi bosqichi bo‘yicha muzokaralarning boshlanishi, barcha mahbuslarning jasadlari topshirilishi bilan bogliq ekanini qayd etdi.

Hamasning ta’kidlashicha, bu jarayon G‘azodagi keng ko‘lamli vayronagarchiliklar tufayli vaqt talab qilmoqda.

Isroil otashkesim kelishuviga qaramay G‘azoga qarshi hujum uyushtirishni davom ettirmoqda

Isroil kuchlari shu oy boshida boshlangan otashkesim kelishuviga qaramay hujumlarini davom ettirdi va oqibatida falastinlik yana 200 nafardan ortiq inson o‘ldirildi, yuzlab inson tan jarohati oldi. Chegara bilmas shifokorlar (MSF), Isroil hujumlari ortidan G‘azoda og‘ir tan jarohti olgan tinch aholini davolashi haqida xabar berdi.

Isroil 2023 - yilning 7 - oktabrida urush boshlaganidan beri G‘azoda 68 ming nafardan ortiq inson halok bo‘ldi.

AQSh Prezidenti Donald Trampning 20 banddan iborat rejasiga asoslangan sulh 10 - oktabrda kuchga kirdi.