DUNYO
1 daqiqa o'qish
Shveytsariyada sodir bo‘lgan yong‘in yana insonlar umriga zomin bo‘ldi
Krans - Montana chang‘i markazidagi barlardan birida kelib chiqqan yong‘in ortidan Shveytsariyada qayd etilgan yangi yong‘in fojiasi yana insonlar umriga va sog‘ligiga zomin bo‘ldi.
Shveytsariyada sodir bo‘lgan yong‘in yana insonlar umriga zomin bo‘ldi
_
2 соат олдин

Politsiya xodimlari, Shveytsariyaning g‘arbida bir avtobusda kelib chiqqan yong‘in natijasida kamida olti kishi halok bo‘lgani va voqea ustidan jinoiy ish boshlatilganini ma’lum qildi.

Fribourg politsiyasi, avtobus seshanba kuni (10.03.2026) Fribourg kantoniga qarashli va Shveytsariya poytaxti Berndan taxminan 20 kilometr masofada joylashgan Kerzers shahridagi yo‘lda olov ichida qolganini bildirdi.

Fribourg politsiyasi vakili Frederic Papaux mavzu haqida: «Hozirgacha yig‘ilgan ma’lumotlar orasida, avtobus ichidagi bir shaxs tomonidan qasddan qilingan harakatga ishora qiluvchi ma’lumotlar bor», - dedi

Politsiya, tan jarohati olgan uch kishi shifoxonaga yotqizilganini ma’lum qildi.

Papauxning aytishicha, yo‘lovchilar yonib turgan avtobusdan vahimaga tushib; jarohatlangan holda qochishga urinayotgani kuzatilgan; hodisada boshqa hech qanday avtomobil yo‘qligi ifoda etildi.

Shveysariya Davlat rahbari Guy Parmelin ta’ziya izhor etar ekan; hodisa bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilayotganini bildirdi.

Parmelin «X» ijtimoiy tarmoqda qoldirgan postida: «Shveysariyada yana bir bor insonlarning jiddiy ravishda yong‘in oqibatida hayotdan ko‘z yumayotgani meni hayron qoldiradi va bu holat juda achinarli», - dedi.

Bu fojea Shveysariyada bir necha oy oldin yuz bergan boshqa halokatli yong‘indan keyin sodir bo‘lmoqda.

Joriy yilning yanvar oyida Shveysariyaning Krans - Montana chang‘i markazidagi barlardan birida chiqqan yong‘in 41 kishining o‘limiga sabab bo‘lib, 115 kishi jarohatlangan edi.