Vengriya Yevropa ittifoqining Ukraina uchun rejalashtirgan kreditiga monelik qilmoqchi

Vengriya, Yevropa ittifoqi tomonidan Ukraina uchun rejalashtirilgan 90 milliard yevrolik (106 milliard dollar) kreditga monelik qilishini ma’lum qildi.

By
_

Vengriya Tashqi Ishlar vaziri, Drujba quvuri orqali Rossiya nefti oqimi qayta tiklangunga qadar, Yevropa ittifoqi tomonidan Ukraina uchun rejalashtirilgan 90 milliard yevrolik (106 milliard dollar) kreditga monelik qilishini ma’lum qildi.

Ukrainalik rasmiylar, Rossiyaga oid insonsiz havo transporti orqali uyushtirilgan hujumlar quvurga ziyon yetkazganini bildirgan 27 - yanvardan beri Vengriya va Slovakiyaga neft yetkazib berish ishlari to‘xtagan. Rossiya nefti importiga qo‘yilgan taqiqdan vaqtincha ozod qilingan Vengriya va Slovakiya hech qanday dalil keltirmay, Ukrainani, yetkazib berishni ataylab to‘xtatishda aybladi.

Tashqi Ishlar vaziri Peter Siyyarto juma kuni (20.02.2026) oqshomida ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan videosida, Ukrainani neft yetkazib berishni qayta boshlamay, Vengriyani «shantaj qilishda» aybladi. Siyyarto, Yevropa ittifoqi dekabr oyida Kiyevning kelasi ikki yillik harbiy va iqtisodiy ehtiyojlarini qoplash uchun ma’qullagan yirik foizsiz kreditni bloklashlarini bildirdi.

Siyyarto: «Biz bu shantajga bo‘ysunmaymiz. Ukraina urushini qo‘llab - quvvatlamaymiz va buning badalini to‘lamaymiz. Ukraina Vengriyaga neft yetkazib berishni tiklashga to‘sqinlik qilar ekan, Vengriya ham Yevropa ittifoqining Ukraina uchun qabul qiluvchi muhim va foydali qarorlariga monelik qiladi», - dedi.

Vengriyaning ushbu moliyalashtirishni to‘sish qarori, u qo‘shni urush holatidagi davlatga dizel yetkazib berishni to‘xtatganidan ikki kun o‘tib va Rossiyaning keng ko‘lamli bosqinining to‘rt yilligi arafasida e’lon qilindi.

Voz kechilmaz yoqilg‘ilar

Yevropadagi deyarli barcha davlatlar 2022 - yilning 24 - fevralida boshlangan urushdan beri Rossiya energiya importini sezilarli darajada kamaytirdi yoki butunlay to‘xtatdi. Biroq YI va NATO a’zosi bo‘lgan Vengriya, Rossiya neft va gaz ta’minotini davom ettirdi, hatto oshirdi.

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Rossiya qazilma yoqilg‘ilari mamlakat iqtisodiyoti uchun muqobilisiz ekani va boshqa manbalarga keskin o‘tish iqtisodiy inqirozga olib kelishi mumkinligini uzoq vaqtdan beri ta’kidlab keladi.

Roppa – rosa 90 milliard yevrolik kredit paketiga YIning barcha 27 davlati rozi bo‘lmagan edi. Vengriya, Slovakiya va Chexiya rejaga qarshi chiqqan biroq keyinchalik kreditni to‘smaslik evaziga moliyaviy salbiy oqibatlardan himoya qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.