Ukraina, Rossiya tomonidan kechasi bilan yuzlab insonsiz havo transporti va raketalar orqali hujum qilingani, kamida 10 kishi tan jarohat olganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, qoʻshni Polsha oʻz havo hududini himoya qilish uchun qiruvchi samolyotlarini ishga tushirdi.
Bu hujumlar Rossiyaning NATOni harbiy ittifoqni oʻz ichiga olgan havo hududi qoidalari buzilishlariga qarshi munosib javob berilmasligi ustidan ogohlantirishi va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning, Isroildan AQShda ishlab chiqarilgan Patriot havo mudofaa tizimi xarid qilib olishi haqidagi bayonoti ortidan qayd etildi.
Ukraina Tashqi Ishlar vaziri Andrey Sibiga esa «X» ijtimoiy tarmoq orqali bergan bayonotida, «Rossiya insonlar uhlayotgan bir paytda Ukrainaga qarshi yirik havo hujumlari uyushtirdi. Yana yuzlab insonsiz havo transporti bilan raketalar turar - joy binolarining vayron boʻlishi va tinch aholining jon berishiga yoʻl ochdi», - dedi.
Sibiga hujum natijasida koʻp qavatli uylarning derazalaridan alangalar chiqayotgani aks etgan video ham boʻlishdi.
Katta hujum
Kiyev meri Vitaliy Klichko Telegram orqali bergan bayonotida, Ukraina poytaxti kuchli hujum ostida ekanini ifoda etgan holda insonlarni boshpanalarda qolishga chaqirdi.
Uning aytishicha dushman hujumi natijasida kamida olti kishi tan jarohati olgan va ulardan besh nafari shifoxonada davolanar ekan, bir nafariga voqea joyida yordam koʻrsatilgan.
Janubi - sharqdagi Zaporojye viloyati gubernatori esa Rossiya hujumlari yuzasidan nomi tilga olingan hududda kamida toʻrt kishi tan jarohati olganini bildirdi.
Ukraina Prezident Ofisi rahbari Andrey Yermak, Moskvani, tinch aholiga qarshi urush olib borayotganlikda aybladi. Oʻz soʻzida: «Bu harakatlarga qarshi albatta javob beriladi ammo Gʻarbning Rossiyaga nisbatan uyushtirgan iqtisodiy zarbalari yana - da kuchliroq boʻlishi kerak», - dedi.
Polsha Qurolli kuchlari «X» platformasi orqali bergan bayonotida, Ukraina hududidagi Rossiya zarbalari tufayli oʻz havo hududini himoya qilish uchun qiruvchi samolyotlarini ishga tushirgani va yerda joylashgan havo mudofaa tizimlari xizmatga tayyor holatga keltirilganini ma’lum qildi.
Bu chora - tadbirlar Polsha havo hududi va ayniqsa Ukraina yaqinidagi hududlarda yashovchi fuqarolarni himoya qilishni koʻzlagani ta’kidlandi.
Pushaymon boʻladilar
Soʻnggi haftalarda bir nechta Yevropa davlati Rossiyani insonsiz havo transportlari va qiruvchi samolyotlar orqali ularning havo hududini buzishda aybladi. NATO esa bu holatni, qarorlilikni sinovdan oʻtkazish tashabbusi sifatida baholadi. Rossiya esa yuqorida qayd etilganlarning hech biridan mas’ul emasligi yoki qaysidir NATO davlatiga qarshi hujum uyushtirish niyati yoʻqligini qatd etdi.
Shanba kuni (27.09.2025) Nyu - Yorkdagi BMT Bosh assambleyasida nutq soʻzlagan Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov: «Mamlakatimga qarshi uyushtirilgan har qanday hujumga mutlaqo javob beriladi», - dedi. Keyinchalik jurnalistlarga bayonot bergan Lavrov, «Biror davlat Rossiya havo hududidagi obyektlarni urib tushirgudek boʻlsa unda bundan judayam pushaymon boʻladi», - degan ifodalarga oʻrin berdi.
Zelenskiy Nyu - Yorkka boʻlgan tashrifi ortidan jurnalistlarga bayonot berar ekan, unda, «Isroil (Patriot) tizimi Ukrainada ishlayapdi», - dedi va Kiyev kuz mavsumida yana ikkita tizim olishini oʻz soʻziga ilova etdi.
Bu urushning boshida betaraf qolgan Isroilning Moskva bilan boʻlgan munosabatlari Rossiyaning Eronga yaqinlashishi va Isroilning Gʻazodagi urushni qoralashi ortidan sovuq tus oldi.
Urushgan ikki tomon oʻrtasidagi toʻqnashuvlar va oʻzaro havo hujumlari davom etar elan mutahassislar Yevropaning eng yirik atom elektr stansiyasi boʻlgan rus ishgʻoli ostidagi Zaporojye atom elektr stansiyasining toʻrt kundan beri tarmoqdan uzilganini bildirdi va bu holat potentsial yadroviy hodisa ustidan paydo boʻlgan xavotirlarini kuchaytirmoqda.











