Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotda, tunda ikkita neft tankeri turli hududlarda dengiz minalariga urilgani ma’lum qilindi.
Bildirilishicha, tankerlardan biri Ummon qirg‘og‘idagi portdan chiqishga urinayotgan bir paytda, ikkinchisi esa Ho‘rmuz bo‘g‘ozining sharqiy qismida ruxsat etilmagan yo‘nalish orqali yashirincha o‘tishga harakat qilayotganida minaga urilgan.
Bayonotda qayd etilishicha, har ikki tanker minaga urilganidan so‘ng portlashlar sodir bo‘lgan va kemalarda yong‘in chiqqan.
AQSh va Isroilning Eronga qarshi boshlagan urushi ortidan Tehron ma’muriyati 2 - mart kuni Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopgan edi. Bunga javoban AQSh 13 - aprel kuni bo‘g‘ozni yopgan Eronga qarshi dengiz blokadasini boshlagan edi.
Eron belgilangan yo‘nalishdan tashqarida ruxsatsiz harakatlanadigan kemalarni nishonga olishini ma’lum qilgan edi.
Buyuk Britaniya Dengiz savdosi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra AQSh bilan Isroilning Eronga qarshi hujumi bilan boshlangan urushdan buyon Ho‘rmuz bo‘g‘ozi va uning atrofida 140 dan ortiq kema hujumlarga uchragan.














