TURK DUNYOSI
3 daqiqa o'qish
Turkiya bilan Ozarbayjon energetika, savdo va investitsiya sohasida shartnoma imzoladi
Turkiya bilan Ozarbayjon 110 moddadan iborat Harakatlar rejasini o‘z ichiga oluvchi 12 - Qo‘shma Iqtisodiy Komissiya (QIK) protokolini imzoladi.
Turkiya bilan Ozarbayjon energetika, savdo va investitsiya sohasida shartnoma imzoladi
_
23 декабр 2025

Turkiya bilan Ozarbayjon energiya, savdo, investitsiyalar va turizm kabi sohalarga o‘rin berilgan 110 moddadan iborat Harakatlar rejasini oz ichiga oluvchi 12 - Qoshma Iqtisodiy Komissiya (QIK) protokolini imzoladi.

Kelishuv dushanba kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Turkiya Respublikasi vitse - prezidenti Jevdet Yilmaz va Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadov tomonidan imzolandi.

2021 - yilning 15 - iyuni kuni Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogan bilan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan imzolangan Shusha Deklaratsiyasi, munosabatlarni ittifoqchilik darajasiga olib chiqqanini yodga solgan Yilmaz, mavjud hamkorlik eng avvalo Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) doirasidagi faoliyatlarni mintaqaviy va xalqaro miqyosda kuchaytirish orqali butun Turk dunyosining farovonligiga hissa qoshishni maqsad qilganini ta’kidladi.

Yilmaz ushbu yondashuv asosida QIK yigilishlari aniq loyihalar ishlab chiqish va umumiy iqtisodiy maqsadlarga ishonch bilan intilish uchun yol xaritasini taqdim etishi va hamkorlikni real natijalarga aylantirishga xizmat qilayotganini qayd etdi.

Uning sozlariga kora, yangi harakatlar rejasida quyidagi aniq chora - tadbirlar nazarda tutilgan: Erkin savdo bitimini imzolash imkoniyatlarini organish; uchinchi davlatlarda investitsiya va xizmatlar savdosi sohasida hamkorlik qilish; Ozarbayjonni Yangi Kompyuterlashtirilgan Tranzit Tizimiga integratsiya qilish boyicha Qoshma Ishchi Guruh tuzish; qoshma sanoat ta’lim markazlarini tashkil etish; Qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik bitimini imzolash; neft va gaz loyihalarida hamkorlikni rivojlantirish; sog‘liqni saqlashdan turizmgacha, bank ishidan davlat xaridlarigacha bolgan keng kolamli sohalarda tajriba almashish dasturlarini yolga qoyish.

Vitse - prezident Yilmaz, Turkiya va Ozarbayjon ortasidagi savdo hajmi otgan yili 8 milliard dollarga yetib, eng yuqori korsatkichga chiqqanini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Shuningdek u shunday dedi: “Savdo hajmi uchun belgilagan 15 milliard dollarlik maqsadimiz — faqatgina imkoniyatlarimizni aks ettiruvchi orta muddatli korsatkichdir. Asosiy maqsadimiz esa qoshma ishlab chiqarish, qoshma investitsiya va uchinchi davlatlarda birgalikda loyiha ishlab chiqish salohiyatiga erishishdir. Bu yolda ishbilarmonlarimiz oldidagi byurokratik tosiqlarni bartaraf etish, bojxona va logistika jarayonlarini tezlashtirish eng ustuvor vazifamiz boladi”.

Yilmaz Turkiyaning uchinchi davlatlar orqali amalga oshirgan investitsiyalari ham hisobga olinganda Turkiyaning Ozarbayjondagi investitsiyalari 18 milliard dollarga, Ozarbayjonning Turkiyadagi investitsiyalari esa 21 milliard dollarga yetganini ta’kidlagan holda mavzu haqida: “Biz Kaspiy boyliklarini Garbga yetkazib beruvchi oddiy tranzit mamlakatlar bo‘lib qolmasligimiz kerak; aksincha, energiya boshqariladigan va ta’minot xavfsizligi ta’minlanadigan strategik markazlarga aylanishimiz zarur. Shu bois energiya hamkorligimizni qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ham qamrab olgan holda diversifikatsiya qilishimiz, Naxchivon orqali rejalashtirilgan energiya koridorini imkon qadar tezroq ishga tushirib, energiya sohasidagi ittifoqchiligimizni mustahkamlashimiz lozim”, - degan ifodalarga orin berdi.

U, shuningdek, TPAO va SOCAR ortasidagi hamkorlikni kengaytirish, Igdir – Naxchivon tabiiy gaz quvurining ishga tushirilishi, BOTAŞ, SOCAR va TPAOning uchinchi davlatlarda qoshma faoliyat olib borishi boyicha erishilgan kelishuvlar hamda Yashil Elektr Energiyasini Uzatish va Savdosi loyihasi bilan Turkiya – Ozarbayjon, Naxchivon interkonneksiya loyihalari ikki mamlakat ortasidagi hamkorlikning naqadar uzoqni kozlaganini yaqqol korsatishini ta’kidladi.

“21 - asrning Ipak yoli deb ataluvchi Orta koridor ham bugungi kunda misli korilmagan darajada muhim ahamiyat kasb etadi va e’tiborlar Kaspiy orqali otuvchi Sharq - Garb yonalishiga qaratildi”, — degan Jevdet Yilmaz salohiyatning ozi yetarli emasligi, bu imkoniyatni barqaror logistika arxitekturasiga aylantirish ikki mamlakat qolida ekani, Zamonaviy Ipak yolining asosiy unsurlari tamomlanishi va Xitoy devoridan Yevropagacha bolgan savdoning taqdiri Turkiya bilan Ozarbayjonning mustahkam ittifoqi bilan shakllanishini alohida ta’kidladi.